Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə77/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
маъруза матни Менежмент

O‘zini-o‘zi boshqarish
O‘zini-o‘zi boshqarish muammolari o‘rganilganda bir qator savollar tug‘iladi:
O‘zini-o‘zi boshqarishni qanday tushunish kerak?
Uning tashqi va ichki namoyon bo‘lish shakllari qanaqa?
O‘zini-o‘zi boshqarishning hozirgi sharoitda rivojlanish darajalari qanday?
Rejalashtirish tizimi, tashkiliy tuzilish, xo‘jalik hisobi munosabatlari, mehnatga haq to‘lash va boshqa boshqaruv tizimlari o‘zini-o‘zi boshqarishning rivojlanishi bilan qanday bog‘langan?
Bizda o‘zini-o‘zi boshqarishni ishchilarga qarorlar qabul qilish jarayonida qatnashish, tashkilotdagi ishlar holatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlovchi boshqaruvni demokratlashtirish deb tushuntiriladi.
Tizim to‘laligicha o‘zini-o‘zi boshqaruvchi deb hisoblanishi uchun uning ustida bitta ham yuqori turuvchi boshqaruv organi bo‘lmasligi kerak (masalan, xususiy firma) .
Agar tashkilot murakkab iyerarxiyali tuzilish (OAJ tarkibiga kiruvchi qator korxonalar va firmalar) obyekti (elementi, zvenosi) bo‘lsa, u qisman o‘zini-o‘zi boshqaruvchi deb hisoblanadi. Bunda o‘zini-o‘zi boshqaruvchanlik darajasi markazlashuv (nomarkazlashuv) turiga yoki tashqi boshqaruv orasidagi nisbatga bog‘liq.
Shunday qilib, boshqaruvning ixtiyoriy bosqichidagi o‘zini-o‘zi boshqarish insonning, butun mehnat jamoasining boshqaruv faoliyati obyektidan uning subyektiga aylanishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu boshqaruvni tashkillashtirishning alohida varianti bo‘lib, unda jamoa brigadani to‘ldirishni yoki boshqacha shakllantirishni, mehnat funksiyalarini va birgalikda topilgan mablag‘larni taqsimlashni o‘zi hal qiladi. Gap ishlab chiqarish vositalari va mehnat taqsimotiga ega bo‘lgan ishchilar birlashmasini tartibga soluvchi, ya’ni asosiy tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshiruvchi eng sodda ko‘rinishdagi jamoa, mehnatkashlar assotsiatsiyasi haqida bormoqda. Bu ma’noda o‘zini-o‘zi boshqarish o‘zida mehnat va boshqaruvni birlashtiradi, boshqacha aytganda, teng huquqli subyektlar orasida ularning birgalikdagi mehnat faoliyati jarayonida boshqaruv borasida yangi tipdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday munosabatlarni shartli ravishda «pastdan» yondashuv deb atash mumkin.
Bu ko‘rinishdagi «pastdan» o‘zgartirishlarga xo‘jalik hisobidagi brigadalar, pudrat va ijara jamoalari misol bo‘ladi.
Demokratik tsentralizm deb ataluvchi iqtisodiy boshqaruv tamoyili yo‘qolib boradi, chunki boshqaruv faqat markazlashuv va demokratiya orasidagi miqdoriy balansni o‘zgartiribgina qolmay, ular orasida yangi tushunchani sintezlab, rahbarlik qiluvchi markazning yangi rolini vujudga keltiradi.
O‘zini-o‘zi boshqarish jamoa tomonidan faqat u yoki bu qarorlarni mustaqil qabul qilishnigina ko‘zda tutmay, balki bu qarorlarni jamoa a’zolari tomonidan majburiy ravishda bajarilishini ham ta’minlaydi. Jamoaning har bir a’zosi qarorning bajarilishiga shaxsan javobgar bo‘ladi. Bir tomondan u tashkilotning tashkiliy-xo‘jalik zvenolarini yuqori boshqaruv organlariga nisbatan ma’lum tashkiliy mustaqilligini, ya’ni bir qator masalalar bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish huquqlariga ega bo‘lishini (bu yerda gap o‘zini-o‘zi boshqarish haqida emas, balki boshqaruvda ishtirok etish haqida bormoqda) ko‘zda tutsa, ikkinchi tomondan – boshqaruv obyektiga to‘la hokimiyatni ta’minlovchi (boshqaruv obyekti va subyektining birlashuvi asosida) to‘la mustaqillik berilishini ko‘zda tutadi.
Bunda hammasi ishlab chiqarish demokratiyasi darajasi va shakllariga bog‘liq. Bunday demokratiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

  1. boshqaruvda ishtirok etish – ishchilarning tashkilotdagi ishlar to‘g‘risida, ma’muriyat rejalari to‘g‘risida ma’lumotlar olish, o‘z fikrini ifodalash, maslahat ovozi huquqi bilan firmani boshqarishga va ozchilik shartlarida boshqaruv organlariga vakil sifatida jalb qilinish huquqlari;

  2. birgalikda boshqaruv – qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, mamuriyat qabul qilgan ayrim qarorlarga veto qo‘yish, ishlab chiqarish va ijtimoiy xarakterdagi ayrim masalalarni mustaqil hal qilish, firmaning boshqaruv organlarida teng vakolatlarga ega bo‘lish huquqi;

  3. ichki (xizmatga oid) nazorat – ma’muriyat faoliyatini tashkilot ishlarini boshqarishga ishchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilmay turib veto qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan holda nazorat qilish huquqi;

  4. o‘zini-o‘zi boshqarish – asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha «bir odam – bir ovoz» tamoyili asosida korxonani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish, shuningdek, barcha qolgan (asosiy bo‘lmagan) yo‘nalishlar bo‘yicha bilvosita (saylangan vakillar orqali) boshqarish huquqi. Bu holda firmaning barcha xodimlari umumiy yig‘ilishi hokimiyatning oliy organi hisoblanadi, ijro hokimiyati esa ma’muriyat tomonidan tanlab qo‘yiladi.

O‘zini-o‘zi boshqarish faqat shunday iqtisodiy sharoitlarda amalga oshishi mumkinki, bunda har bir xodim va mehnat jamoalari o‘zini mulk subyekti sifatida namoyon qilishi lozim. O‘zini-o‘zi boshqarish sharoitida mehnat boshqaruv bilan mulk munosabatlari orqali bog‘lanadi. Lekin o‘zini-o‘zi boshqarish mehnat davomida rivojlanadi. O‘zini-o‘zi boshqarish mehnat jamoasi tashkilotning o‘zini-o‘zi boshqarish tizimiga qo‘shilib ketgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.





Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin