Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Xodimlarni baholash usullari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə84/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90
маъруза матни Менежмент

Xodimlarni baholash usullari
Ularni uchta asosiy guruhga birlashtirish mumkin:
Oldindan aniqlash usuli. Bu usulda anketa ma’lumotlari, yozma yoki og‘zaki tavsifnomalar, ish joyidagi boshliq va hamkasabalarning fikrlari va mulohazalari, shaxsiy suhbatlar, psixologik testlar keng qo‘llanadi.
Amaliy usul. Xodimning xizmat vazifalarini bajara olishga yaroqliligi uning amaliy ishi natijalari asosida tekshiriladi. Bu maqsadda namunaviy ko‘chirish texnikasi qo‘llanadi.
Imitatsiya usuli. Nomzodga muayyan bir vaziyatni (vaziyatlarni) hal etish vazifasi topshiriladi.
Baholash yakunida shaxsning xususiyatlarini va ishbilarmonlik sifatlarini ekspert baholash o‘tkaziladi.
Har bir muayyan holatda baholash mezonlari to‘plami kelgusida bajariladigan ish mazmuni va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Baholashning beshta asosiy mezonini ko‘rib chiqamiz:

  1. ish miqdori – mehnat hajmi, samaradorligi, intensivligi, sarflangan vaqt aniqlanadi;

  2. ish sifati – ishdagi xatoliklar ulushi, mahsulot sifati va uni jahondagi eng yaxshi namunalarga mos kelishi va h.k. aniqlanadi;

  3. ishga munosabati – xodimning tashabbuskorligi, uning ishdagi katta yuklanmalarga bardosh berish qobiliyati, turli, ayniqsa yangi vaziyatlarga moslasha olishligi tekshiriladi;

  4. ishdagi puxtalik – ishlab chiqarish vositalariga munosabat, ulardan foydalanish, xomashyo va materiallardan tejamli foydalanish, ish joyida materiallar sarfini hisobga olish darajasi va boshqalar aniqlanadi;

  5. korxona ichida hamkorlikka tayyorligi – xodimning hamkorlikdagi masalalarni hal qilishda ishtirok etishi, jamoadagi munosabatlari, jamoa ishida qatnasha olishligi, chetdan qilingan tanbehga reaktsiyasi va boshqa shaxsiy sifatlari ko‘rib chiqiladi.

Da’vogar ishini baholash


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin