Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Loyihaga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə18/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

3.4. Loyihaga qo’yiladigan asosiy talablar
Gidrotexnika inshootlari loyihalarini tuzishda texnik va texnologik ko’rsatkichlar sifatida inshootning suv o’tqazish qobiliyati, inshoot tasarrufidagi sug’oriladigan yer maydoni, sug’orish usullari va boshqalar ishlatiladi.

Ob‘ektning mustahkamligi, ustuvorligi, uzoqqa chidamliligi, tashqi muhit ta‘siriga bardoshliligi, sanitariya-gigiena talablari va shunga o’xshashlar maxsus texnik hisoblar va yechimlar asosida taminlanadi.

Gidrotexnika inshootlarining konstruktsiyasi va gabarit o’lchamlari ulardan talablar darajasida foydalanish imkoniyatlarini ta‘minlashlari lozim. Inshootning o’ngay gidravlik rejimini ta‘minlash, undan foydalanishdagi sarf-harajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini yaratish, inshootning ishonchliligini oshirish singari shartlar loyihaga qo’yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar hisoblanadi.

Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda ularning me‘morchilik nuqtai nazaridan diqqatga sazovorligi va ko’rkamligini ta‘minlashga alohida e‘tibor berilishi lozim. Mahalliy qurilish materiallaridan unumli foydalanish, milliy badiiy-me‘morchilik an‘analari va usullarini keng qo’llash, inshoot qismlarining konstruktsiyasi va o’lchamlarini unifikatsiyalashtirish va shunga o’xshashlar loyihalashga qo’yiladigan asosiy me‘morchilik talablari qatoriga kiradi.

Yirik ob‘ektlarni (masalan, suv omborlarini) loyihalashda aholi yashaydigan va ishlab chiqarish ob‘ektlarini, tarixiy, tabiiy va me‘morchilik yodgorliklarini ko’chirish va himoyalashga, tabiiy landshaftdan oqilona foydalanish tadbirlariga alohida e‘tiborni qaratish lozim.

Har qanday yirik gidrotexnika inshootlari loyihalari shuningdek, ekologiya (atrof-muhitni himoyalash) talablariga javob berishi va ekologik tekshiruvlardan (ekspertizadan) o’tishi kerak. Loyihalarda inshoot va uning tasarrufidagi hududni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish tadbirlari ham batafsil ko’rib chiqiladi. Ob‘ekt tuzilishini va qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarga muvofiqlashtirish hamda qurilishi muddatini qisqartirish, mahalliy joy sharoitlarini har tomonlama inobatga olish, namunaviy loyihalardan keng foydalanish, birgalikda ishlaydigan inshootlar faoliyatini muvofiqlashtirish singarilar (tadbirlar) loyihalashga qo’yiladigan muhim zamonaviy talablar hisoblanadi.

Ma‘lumki, har qanday loyiha inshoot tuzilishining taqribiy grafik ko’rinishlari bir necha variantdagi eskiz chizmalarni tuzishdan boshlanadi va ularda boshlang’ich kompozitsion maqsad o’z irodasini topadi. Loyihani takomillashtirish jarayonida uning texnik, funktsional, badiiy-me‘morchilik va iqtisodiy jihatdan eng ma‘qul varianti ishlab chiqiladi. Loyihalash ishlarini kopyuterlar yordamida olib borish va avtomatlashtirish bugungi kunning zamonaviy yo’nalishlaridan biridir.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin