4.2. Vazifasi bo’yicha kanallardagi inshootlarning turlari
Kanallarda rostlovchi, to’siqlardan suv o’tqazuvchi, tutashtiruvchi va boshqa turdagi inshootlar ko’plab quriladi. Suv sarfi, sathi, tezligi va boshqa gidravlik parametrlarni boshqarish uchun kanal trassasi o’qiga tik (frontal) yoki yonboshlatib rostlovchi inshootlar quriladi. Ular odatda suv parametrlarini boshqaruvchi qurilma – zatvor bilan ta‘minlanadi.
Kanaldagi ortiqcha suvni boshqa o’zanga chiqazib tashlash suv tashlash inshootlari yordamida amalga oshiriladi. Suv sarfini tarmoqlarga proportsianal taqsimlab berish vazifasini bajarish uchun kanal trassasida suv taqsimlovchi rostlagichlar (inshootlar) ham qurilishi mumkin. Birmuncha katta miqdorga farq qiladigan suv sathlarini ishonchli tutashtirish (bog’lash) vazifasi tutashtiruvchi inshotlar yordamida amalga oshirishadi. Ular tezoqarlar, pog’onli yoki konsolli sharsharaklar tipida loyihalanishi mumkin.
Suv sarfini rostlovchi inshootlar (suv chiqargichlar) iste‘molchiga beriladigan suv miqdorini boshqarish uchun xizmat qiladi. To’suvchi inshootlar suv sathini rostlash vazifasini bajaradi. Inshootlarning yuqori b‘efidagi har xil cho’kindilarni quyi b‘efga ishonchli o’tqazib yuborish uchun suv tezligini boshqaradigan yuvuvchi rostlagichlar quriladi. Suv tezligini kamaytiruvchi uzan yoki qurilmalar yordamida tindirgichlarni hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |