Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Rostlovchi inshootlarning tuzilishi (konstruktsiyasi)



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə21/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

4.3. Rostlovchi inshootlarning tuzilishi (konstruktsiyasi)
Konstruktsiyasiga ko’ra ochiq, diafragmali va quvurli rostlagichlar bir-biridan farqlanadi. Ochiq rostlagichlarda suv oqimi faqat inshoot tubi va devorlari bilan bog’langan bo’ladi. Suv oqimini zatvorlar yordamida to’la to’sishni ta‘minlash uchun ochiq rostlagichlarning darvoza qismi yer sirtidan birmuncha ko’tarilgan holatda qabul qilinadi. Bu esa ba‘zan zatvor vaznining ancha oshishiga va natijada undan foydalanishning qiyinlashuviga olib kelishi mumkin. Inshootning suv o’tkazuvchi qismi tirqishli (diafragmali) ko’rinishda qabul qilinsa, zatvorning va mos ravishda darvoza qismning balandligi ancha kichrayadi.

Suv o’tkazish qobiliyati (suv sarfi) birmuncha kichik inshootlar, ayniqsa suv chiqargichlar ko’pincha quvurli tipda barpo etiladi. Bunda quvur ko’zi doira shaklida (zavodda tayyorlangan yig’ma temirbeton yoki metall quvurlar ishlatilganda) yoki to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lishi mumkin.

Rostlovchi inshootlarning tuzilishida yuqori b‘ef, kirish, suv o’tkazuvchi, chiqish qismlari va quyi b‘ef elementlari bir-biridan farqlanadi.

Yuqori b‘efning ustuvorligi va suv ta‘siriga (yuvilishga) chidamliligini ta‘minlash hamda filtratsiya yo’lini uzaytirish uchun inshootga kirishda ponur qabul qilinadi.

Ponurning qalinligini konstruktiv belgilash mumkin. Gruntli ponurda bu qalinlik 0,4...0,6 m oraliqda qabul qilinadi. Beton va temirbetondan barpo etiladigan ponurlarning qalinligini 0,15...0,3 m chegarasida tayinlaydilar.

Rostlovchi inshootlarning asosiy konstruktiv qismi – darvoza va suv o’tqazuvchi qismlardir. Darvoza qism odatda yassi, sigmentli yoki boshqa turdagi zatvorlar bilan ta‘minlanadi. Suv o’tqazuvchi qism ochiq va diafragmali rostlagichlarda to’g’ri burchakli quti shaklida loyihalanadi va bu qism odatda temirbetondan barpo etiladi. Kichik inshootlarda suv o’tqazuvchi qism quvurlardan tashkil topishi mumkin.



Darvoza zonasida zatvorlar yordamida suv oqimining kinetik energiyasi oshiriladi va natijada darvozadan keyin joylashgan ma‘lum masofada suv oqimi tezligining oshishi va siqilib, inshoot tubi va devorlariga urilishi sodir bo’ladi. Shu sababli darvozadan keyingi ma‘lum uzunlikdagi qism suv urilma deb ham nomlanadi.

Inshootlarga kirish suv oqimining tekis oqib kirishini ta‘minlashi (uyurmalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymasligi) lozim. Darvozaga kirish qismi sho’ng’uvchi devorli, teskari devorli, qiyshiq qiyalikli yoki boshqa konstruktiv shakllarda qabul qilinadi.

Rostlovchi inshootlarning darvoza va suv o’tqazuvchi qism o’lchamlari gidravlik hisoblar asosida qabul qilinadi. Bunda asosiy sarf sifatida ketuvchi kanalning normal suv sarfi qabul qilinadi. Jadallashgan va minimal suv sarflari bo’yicha inshootning gidravlik rejimi tekshirib ko’riladi.

Inshootlarning quyi b‘efi risberma (deformatsiyalanadigan yoki deformatsiyalanmaydigan) yoki suv urilma quduq (ko’pincha quvurli rostlagichlarda qo’llaniladi) bilan mustahkamlanadi. Risberma mahalliy toshlardan yoki betondan barpo etiladi. Suv urilma quduq ko’pincha betondan, ba‘zan temirbetondan quriladi.

Suv o’tqazuvchi qism bilan quyi b‘efni tutashtirish sho’ng’uvchi devorli, teskari devorli yoki boshqa tipda bo’lshi mumkin.

Yer o’zanda o’tadigan kanallarda quriladigan inshootlarda shuningdek, xarsang toshli tishlar ham qo’llaniladi. Ular inshootning kirish va chiqish qismlarini suv ta‘siridagi yuvilishlardan himoyalaydi.



Inshoot konstruktiv qismlarining poydevori flyubet deyiladi. Flyutbet qismlarining qalinliklari filtratsion bosim bo’yicha hisob asosida tanlanadi. Ochiq va diafragmali inshootlar tarkibida shuningdek, ko’prik qism ham bo’lishi mumkin. Ko’prik temirbeton plitalar bilan yopiladi. Ko’prik o’tish qismining kengligi odatda 5 yoki 6 m miqdorida qabul qilinadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin