GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI
4.1. Kanallar haqida umumiy ma‘lumotlar
Kanallar bosh, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka kanallariga bo’linadi. Kanal trassasining rel‘efiga ko’ra, ular qazimada, ko’tarmada, yarim qazima yoki yarim ko’tarmada barpo etiladi (4.1-rasm).
4.1-rasm. Kanallarning ko’ndalang kesimlari: a) – qazimada
в)-ko’tarmada, с) – chuqur qazimada, d) – yarim qazima-yarim ko’tarmada
Oqim barqaror tekis (o’zgarmas tezlik bilan) harakatlanadigan kanalning suv o’tkazish qobiliyati (berilgan kesimdan o’tadigan suv miqdori) uning ko’ndalang kesimi parametrlariga va kanal tubining nishabligiga bog’liqdir. Kanalning suv o’tkazish qobiliyati (suv sarfi) odatda m3/s yoki l/s larda o’lchanadi. Kanal tubining nishabligi deganda ma‘lum uzunlikdagi kanal uchastkasi tublari sathlari farqining shu uchastka uzunligiga nisbati tushuniladi, ya‘ni i = (Z1 – Z2) /L , bu yerda Z1 , Z2 – uchastkaning bosh va oxirgi kesimlaridagi sath belgilari, L – uchastka uzunligi.
Kanallarning ko’ndalang kesimi trapetsiya, to’g’ri burchakli, egri yoy, parabola va boshqa shakllarga ega bo’lishi mumkin. Meliorativ tizimlar sharoitida asosan trapetsiya shaklidagi kanallar ko’proq barpo etiladi.
Kanal ko’ndalang kesimining shakli, o’lchamlari va tubining nishabligi nafaqat uning talab qilingan suv o’tkazish qobiliyatini, shuningdek kanal o’zanida loyqa-cho’kindilar yig’ilmasligini va ustuvorligini (yuvilmasligini) ta‘minlashi lozim. Bu shartlar ularning gidravlik hisoblarini bajarish jarayonida ta‘minlanadi.
Kanal ko’ndalang kesimining asosiy geometrik parametrlariga kanal tubining kengligi (в), kanalning chuqurligi (Н) va yon sirtining qiyalik koeffitsienti (m) kiradi. Kanal yon sirtining qiyalik koeffitsienti yoki qiyaligi deganda ushbu sirt qiyalik burchagining kotangensi yoki m = l/H nisbat tushuniladi.
Kanallar yer o’zanda o’tishi yoki maxsus qoplamaga ega bo’lishlari mumkin. Qoplama sifatida beton, temirbeton, asfaltbeton, glinobeton va polimer materiallaridan foydalanadilar. Maxsus qoplamali kanallar faqat loyqa yig’ilishga tekshirib ko’riladi. Meliorativ tizimlarda kanallar ko’pincha beton bilan qoplanadi. Betonning qalinligi konstruktiv 10...15 sm oraliqda qabul qilinadi.
Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlar sharoitida barpo etiladigan kanallar yig’ma va monolit temirbetonli qoplamaga ega bo’lishi mumkin. Qoplamali kanallar yon sirtining qiyaligi konstruktiv qabul qilinadi, yerda o’tadigan gruntli qoplamali kanallarda esa bu qiyalik yon sirtlar ustuvorligini ta‘minlash shartlari asosida tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |