Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARINI



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə14/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

3. GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARINI

LOYIHALASH ASOSLARI
3.1. Loyiha tarkibi va loyihalash bosqichlari
Chizmalar, hisobiy-tushuntirish bayoni va smetalardan tashkil topgan texnik hujjatlar to’plamiga inshootning loyihasi deyiladi.

Chizmalar (planlar, qirqimlar, fasadlar, o’ziga xos qismlar va birikmalarning ko’rinishlari) inshootning konstruktiv tuzilishi va badiiy-me‘morchilik qiyofasi haqida ma‘lumot beradi. Hisobiy-tushuntirish bayonida qurilish hududining tabiiy-iqlim sharoitlari haqida umumiy ma‘lumotlar, texnik, texnologik va boshqa yechimlarni asoslash hamda ob‘ektning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari haqidagi zarur ma‘lumotlar bayon etiladi. Smeta – bino yoki inshootning bahosini aniqlovchi hujjatdir.

Alohida ob‘ektlarning bahosini aniqlovchi lokal va qurilishning umumiy bahosini aniqlovchi yig’ma smetalar bir-biridan farqlanadi. Smetalar asosida kapital mablag’lar rejalashtiriladi, qurilishni moliyalashtirish hamda buyurtmachi va pudratchi o’rtasidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Loyihalash maxsus ixtisoslashgan tashkilotlar (loyihalash institutlari) tomonidan amalga oshiriladi. Yirik inshootlarning loyihasini tuzishda turli xil sohalarning mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.

Loyihalash uchun topshiriq (boshlang’ich hujjat) buyurtmachi tomonidan beriladi. Bu topshiriqda ob‘ektning qurilish joyi va unga qo’yiladigan talablar ko’rsatiladi.

Loyihalash bir yoki ikki bosqichga olib boriladi. Unchalik murakkab bo’lmagan kichikroq ob‘ektlarning loyihasini tuzish bir bosqichda amalga oshiriladi.

Yirik, mas‘uliyatli ob‘ektlar ikki bosqichda loyihalanadi. Birinchi bosqichda loyiha yig’ma smeta bilan tuziladi, ikkinchi bosqichda esa ishchi hujjatlar (ishchi chizmalar) va aniqlashtirilgan smetalar ishlab chiqiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin