2.2. Foydalanish sharoitlari va kapitalligi bo’yicha
gidrotexnika inshootlarining turlari
Foydalanish sharoitlariga ko’ra, gidrotexnika inshootlari doimiy va vaqtinchalik (qurilish yoki ta‘mirlash davrida ishlatiladigan) turlarga bo’linadi. Doimiy inshootlar o’z navbatida asosiy va ikkinchi darajali turlarga farqlanadi. Agar inshootni ta‘mirlash yoki avariya holatlari ob‘ektning to’xtashi yoki juda samarasiz ishlashiga olib kelsa, bunday inshoot asosiy inshoot deb qaraladi. Ikkinchi darajali inshootlarning vaqtinchalik to’xtab qolishi ob‘ekt faoliyatiga unchalik ta‘sir ko’rsatmaydi.
Asosiy va ikkinchi darajali inshootlarni ularning mas‘uliyatliligi (xalq xo’jaligidagi ahamiyati) bo’yicha to’rtta sinfga bo’ladilar. Yirik suv dimlash inshootlari (masalan, to’g’onlar) ning mas‘uliyatliligi bo’yicha sinfi, inshootning balandligi, zaminidagi gruntning turi va avariya oqibatlari bo’yicha amaldagi qurilish me‘yorlari asosida qabul qilinadi. Meliorativ tizimlar inshootlarning sinflari ularning tasarrufidagi yer maydoniga bog’liq holda belgilanadi (2.1-jadval).
2.1-jadval
Meliorativ tizimlar inshootlarning sinflari
Inshoot tasarrufidagi
er maydoni, ming.ga
|
Inshootlarning sinfi
|
Sug’orishda
|
Zax qochirishda
|
Asosiy
|
Ikkinchi darajali
|
400 va undan katta
|
-
|
II
|
III
|
50 dan 400 gacha
|
50 va undan katta
|
III
|
IV
|
50 dan kam
|
50 dan kam
|
IV
|
IV
|
Agar asosiy gidrotexnika inshooti bir vaqtning o’zida xalq xo’jaligining bir necha sohalariga xizmat qilsa (masalan, energetika, transport, melioratsiya, suv ta‘minoti sohalariga) inshootning sinfi vazifasi bo’yicha belgilangan eng yuqori sinfga teng qilib qabul qilinadi. Asosiy inshootlarning sinfi, shuningdek, maxsus asoslashdan so’ng bir sinfga oshirilishi yoki kamaytirilishi ham mumkin.
Yuklar va ta‘sirlarning birikmasi, materiallar qarshiligi va yuklar bo’yicha ishonchlilik koeffitsientlarining qiymatlari inshootning mas‘uliyatliligi bo’yicha sinfiga bog’liq holda qabul qilinadi.
Agar vaqtinchalik inshootlarning avariyasi aholi yashaydigan joylarga falokat keltiradigan yoki I-, II- va III-sinfli inshootlar qurilishini uzoq muddat to’xtatib qo’yadigan bo’lsa, ularni IV-sinfga kiritish mumkin. Qurilishni olib borish jarayonida foydalaniladigan vaqtinchalik to’g’onlar qurilish tunellarini maxsus asoslashdan so’ng III-sinfga kiritish ruxsat berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |