Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


O’zbek gidrotexnikasi tarixi bo’yicha qisqacha ma‘lumotlar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə12/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

O’zbek gidrotexnikasi tarixi bo’yicha qisqacha ma‘lumotlar. Qadimgi ajdodlarimiz yer osti suvlaridan samarali foydalanish usullarini ham bilishgan. Buning uchun yer ostidan o’tadigan suv yig’uvchi kanallarni (karizlarni) qurishgan. Suv tegirmoni, suv ko’taruvchi moslama-chig’ir ham ilk bor ajdodlarimiz tomonidan (eramizning boshlarida Kushon davlatida) kashf etilgan.

Amudaryoning quyi etaklaridagi qadimiy kanallarning ba‘zilari hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Bularga Shavat, Polvon, G’azovot va Chumanoy kanallarini misol qilib keltirish mumkin.

Qadimiy kanallar va gidrotexnika inshootlarini Farg’ona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlari hududlarida ham ko’plab uchratish mumkin. Darg’om, Qalqonota, Zandona, Rometon, Shoxrud kanallari Zarafshon vodiysida eramizning I-IV asrlarida qurilgan va bugungacha saqlanib kelgan va hatto foydalaniladigan suv xo’jaligi ob‘ektlariga misol bo’la oladi.

Akademik Ya.G’ulomovning arxeologik tekshirishlari natijasida Jizzax va Samarqand viloyatlari hududlarida suv omborlarini barpo etish maqsadida tosh va ganchdan qurilgan bir necha to’g’onlar topildi. Forish tumani hududida X-asrda qurilgan Xon to’g’oni, Kattaqo’rg’on tumanida XVI-asrda qurilgan Abdullaxon to’g’oni shular jumlasiga kiradi. Ushbu to’g’onlarning tuzilishi va konstruktsiyasi ajdodlarimizning gidrotexnika inshootlarini qurish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lganliklarini ko’rsatadi. Samarqand shahri yaqinidagi suv taqsimlovchi ko’prikli inshoot, Termiz shahri yaqinidagi Abdullaxon hukmronligi davrida qurilgan ko’prik-akveduk ham qadimiy inshootlarga misol bo’la oladi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlashda xalqimiz qadimdan hovuzlardan, sardobalardan foydalanib kelishgan. Sardoba usti gumbaz shaklida yopiladigan va yomg’ir suvlarini saqlaydigan inshoot bo’lib, u asosan tabiiy suv o’zanlari mavjud bo’lmagan hududlarda qurilgan. Sardoba devorlari asosan pishiq g’ishtdan qurilgan va ularda suv uzoq vaqt sifatini yo’qotmasdan saqlangan. Qashqadaryo viloyatida bugungi kungacha saqlanib kelgan sardobalar mavjud.

Gidrotexnika qurilishining ravnaqi tarixiy davrlarning siyosati va mamlakatlarning moddiy va ma‘naviy rivojlanish darajasiga ham bog’liq bo’lgan. Bu jihatdan ayniqsa Samoniylar va Temuriylar davrlari alohida ajralib turadi. Shuningdek, Abdullaxon davrida ham ko’plab yirik gidrotexnika inshootlari barpo etilgan.

Tariximizning so’ngi davrlariga mansub bo’lgan Sho’rolar hokimiyati davrida O’zbekiston asosan paxtachilikka asoslangan xom-ashyo beradigan hududga aylantirildi. Bu davrda yangi yerlarning o’zlashtirilishi munosabati bilan irrigatsiya ishlari keng ko’lamda olib borilgan bo’lsada, lekin ko’p ishlar kelgusini o’ylamasdan bajarildi. Natijada bugungi kunning murakkab ekologik muammolari (Orol dengizining qurib borayotgani, yerlarning meliorativ holatining yomonlashib ketgani va h.k.) kelib chiqdi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin