Ba`zi bir trigonometrik ifodalarni integrallash 1. integralda R o`z argumentlarining ratsional funksiyasi bo`lsin. U holda, bu integralda umumiy trigonometrik almashtirish deb ataluvchi
almashtirish yordamida ratsional funksiya integraliga kelinadi. Haqiqatdan ham,
3.Yoyli qizdirish va eritish Yoyli qizdirish paytida elektrenergiyasining issiqlikka aylanishi elektryoyining mash’alida amalga oshiriladi (1-rasm). Elektr yoyi elektrodlar o‘rtasida yuzaga keladigan alohida (mustaqil) gazli razryadning bir ko‘rinishidan iborat. Yoy razryadini hosil qilish uchun potensiallar farqi ostida bo‘lgan elektrodlar avval bir-biriga tegiziladi. Yuqori qiymatli tok hisobiga elektrodlarning o‘zaro tutashgan joylari shu darajada qiziydiki, natijada elektronlarning termoemissiyasi yuzaga keladi.
Razryadlanish oralig‘idagi yuqori haroratgacha qizdirilgan gaz fazasi o‘z energiyasini qizdirilayotgan metallga asosan nurlanish yuli bilan beradi. Yoyli razryadning ustuni gazli plazmadan, ya’ni ionlashtirilgan holatdagi gazdan iborat. Plazma yuqori energiyali neytral gaz zarrachalaridan, musbat ionlar va elektronlardan tashkil topgan. Musbat ionlar bilan elektronlarning zaryadlari o‘zaro teng bulib, elektrik nuqtai nazardan plazma ustuni neytraldir.
Yoyning harorati yoy yonayotgan gazning ionlanish potensialiga proporsional bo‘ladi va quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
Tyo= 800 . Ui , 0K ; (4)
bunda : Ui - gazning ionlanish potensiali, V ;
Turli elementlarning ionlanish potensiali 3,87 dan to 24,5 V gacha o‘zgargani uchun, bu formuladan ma’lum bo‘ladiki, atmosfera bosimi sharoitida yoyning harorati 32000 K dan to 200000K gacha orliqda bo‘lishi kerak. SHuning uchun qizdirishning bu usuli sifatli po‘lat eritish va shuningdek, qiyin eriydigan va o‘tga chidamli materiallarni eritish uchun qo‘llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Алимов Х.А.,Мингазов Р.Ф.,Ахмедов К.Х.Иссиқлик станцияларининг қозон қурилмалари.-Тошкент: Янги нашр.2012 й.192б.
2. Mingazov R.F., X.A. Alimov.Issiqlik elektrostansiyalarning qozon qurilmalari –Toshkent DTU. 2011 yil.194 b.
3. Mingazov R.F., Saidaxmedov S.S ”IESning issiqlik stansiyalarida issiqlik energetika qurilmalarini ishlatilish va ta’mirlash”, Voris, Toshkent - 2007 yil.
4.Алимбоев А.У.,Шаисламов А.Ш.,Тешабаев Н.Т.Ёқилғи ва ёниш асослари.Ўқув қўлланма.-Тошкент:ТошДТУ.2002 й.
INTERNET MANBALARI 1.www.bilim.uz
2.www.ziyonet.uz
3.Kutobxon.uz