Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi



Yüklə 305,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix22.12.2023
ölçüsü305,93 Kb.
#189905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
-CH
2
 -CH = ÑÍ

etilen
propilen
buten-1
Bu uglevodorodlar yuqori darajada reaksion qobiliyatga ega bo‘lib, polietilen
polipropilen, etilen va polipropilen oksidlari va ularning ko‘plab hosilalarini olish uchun muhim 
xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. 
Kon mahsuloti tarkibiga bog‘liq ravishda qazib olinayotgan neft tarkibiga turli xildagi 
metallar: ishqoriy va ishqoriy yer metallari (litiy, natriy, kaliy, bariy, kalsiy, stronsiy, magniy), 
mis guruxidagi metallar (mis, kumush, oltin), rux guruxidagi metallar (rux, kadmiy, simob), bor 
guruxidagi metallar (bor, alyuminiy, galliy, indiy, talliy), vanadiy guruxidagi metallar (vanadiy, 
niobiy, tantal), o‘zgaruvchan valentli metallar (nikel, temir, molibden, kobalt, volfram, xrom, 
marganets, qalay va boshqalar) kiradi. 
Qovushqoq va og‘ir neftlar tarkibida sanoat miqiyosidagi erigan vanadiy va nikel bo‘ladi. 
Ko‘pgina oltingugurtli neftlarda katta miqdordagi vanadiy, kam oltingugurtli neftlarda esa nikel 
uchraydi. Masalan, Kanada, Meksika, Argentina va boshqa ba’zi bir mamlakatlarda og‘ir va 
qovushqoq neftlarni qazib olish amaliyotida neft tarkibidan vanadiy qazib olinishi yo‘lga 
qo‘yilgan.
Qazib olinayotgan neft va uglevodorodli gazlar tarkibida oltingugurt juda ko‘p bo‘lib, 
erkin holda yoki birikma (vodorod sulfid, merkoptanlar) ko‘rinishida 0,1-5% gacha miqdorda 
uchraydi. 
Neft mahsulotlarining yuqori fraksiyalarida (kerosindan boshlab) kislorodli birikmalar 
bo‘ladi. Ularning miqdori 10% dan oshmaydi, odatda 0,1-1,3% ni tashkil etadi. Bu birikmalar 
asosan har hil kislotalar ko‘rinishida bo‘ladi va neftda smola-asfalt moddalarining hosil 
bo‘lishiga olib keladi. 
Naftenli kislotalar tarkibida karboksil (
–SOON) 
guruxi bo‘lgan birikmalar bo‘lib, 
umumiy formulasi 
2
2
2
O
H
C
n
n

va ularning zichligi 0,96-1,05 g/sm

ni tashkil etadi. 
Naftenli kislotalar o‘tkir hidli moysimon suyuqliklar bo‘lib neftning kerosin, dizel va yengil 
moyli distillyat tarkibida bo‘ladi va ular korrozion tajavvuzkor muhitni hosil qilmasligi uchun 
ishqoriy usullarda ajratib olinadi. Naftenli kislotalar va ularning tuzlari sanoatda konsistent 
moylovchi materiallar, gazlama va oyoq kiyimlarini to‘yintirish uchun va boshqa maqsadlarda 
keng qo‘llaniladi. 
Fenollar faqat ba’zi bir neftlar tarkibida bo‘lib distillyatlarni ishqoriy usullarda ajratib 
olish mobaynida naftenli kislotalar bilan birga ajraladi.
 
Neftning asfalten-smolali qismi yengil benzinda qisman eriydi. Erigan qismi neytral 
smola, erimagan qismi esa asfaltenlar (neytral smolalar va oksikislotalarning polimerlangan 
mahsulotlari) deyiladi. Asfaltenlar benzolda va spirtda eriydi. Neft smolasining umumiy 
miqdorida 93% gacha kislorod bo‘ladi. Smola murakkab yuqori molekulyar uglevodorodlar 
bo‘lib, uning tarkibida kisloroddan tashqari oltingugurt, azot va uning birikmalari, hamda 
vanadiy, nikel va boshqa metallar bo‘ladi.
Neft kislorodtarkibli birikmalar silikageliy (adsorbsion) smolalarning bo‘lishi bilan 
tavsiflanadi. Adsorbsion smolalar amalda barcha kislorod tarkibli moddalarni hamda oz 
miqdorda oltingugurt- va azottarkibli birikmalarni o‘z ichiga oladi. Silikageliyli smolalar 


miqdorining neft tarkibida ko‘p bo‘lishi uning zichligining oshishiga olib keladi. Neft tarkibida 
smolalarning bo‘lishi uning rangini to‘q qora bo‘lishiga va yonganda qurumlar hosil qilishiga 
sabab bo‘ladi. Och rangli neft mahsulotlarida va moyli fraksiyalarda smola-asfoltenli 
birikmalarning bo‘lishi zararli hisoblanadi, lekin bitum, koks va izolyatsion materiallar tarkibida 
bo‘lishi esa zarur hisoblanadi.
Neft tarkibidagi oltingugurttarkibli birikmalar asosiy qismi asosan o‘zaro bog‘langan 
holatda, ya’ni quyidagi oltingugurt organik birikmalar: merkaptanlar RSH (bu yerda R – 
uglevodorod radikali), sulfidlar RS, disulfidlar RS-SR, tiofen S
4
N
4
S va uning hosilalari, ba’zi 
hollarda vodorod sulfid va elementar oltingugurt ko‘rinishlarida bo‘ladi. Vodorod sulfid va 
merkaptanlar kislotalik xossalariga ega hamda elementar oltingugurt faol oltingugurttarkibli 
birikmalarni hosil qilib quvurlar va jihozlarning kuchli darajada korrozion yemirilishiga sabab 
bo‘ladi.
Azotli birikmalar neft va uning mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda, asosan 
smola-asfalten moddalari ko‘rinishida (0,3%) uchraydi Neft tarkibidagi azotli birikmalar: asosiy 
- piridin yoki xinolin yadrosidan iborat va neytral – pirrol va indol gomologlaridan iborat 
turlarga bo‘linadi. Neftni qayta ishlash jarayonida azottarkibli birikmalar fraksiyalar bo‘yicha 
bo‘linadi va eng ko‘p miqdori (65-76%) qoldiq neftda to‘planadi. 
Neft tarkibidagi mineral moddalar miqdori juda kam bo‘lib, neft namunalarini yoqqandan 
so‘ng hosil bo‘lgan kul tarkibidagi elementlar miqdori taxminan quyidagi kamayish ketma-
ketligida bo‘ladi: S-O-N-P-K-Ni-I-Si-Ca-Fe-Mg-Pb-As-Cu-Ni-V-Sn-As. 
Neft tarkibidagi kul miqdori turli xil neftlarda turlicha bo‘lib, 0,001% dan 0,8% gachani 
tashkil etadi.
Konlardan qazib olinayotgan neftni tasniflash uchun uning kimyoviy tarkibi asos qilinib 
olinadi. Ko‘p hollarda neft tarkibidagi uglevodorodlar miqdori va turiga qarab bo‘linadi. 
Masalan, neft tarkibida parafinli (metanli) uglevodorodlar miqdori 65% dan ko‘p bo‘lsa parafinli 
neft, naftenli uglevodorodlar 66% dan ko‘p bo‘lsa naftenli neft deyiladi. Shuningdek, naftenli-
metanli va aralash uglevodorodli neftlar mavjud.

Yüklə 305,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin