Qattiq jismlar deformatsiyasi va mexanik kuchlanish. Guk qonuni. Yung moduli



Yüklə 109,85 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2022
ölçüsü109,85 Kb.
#74573
1   2   3   4
qattiq jism deformasiyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Plastik
Deformatsiya (lotincha: deformatio — buzilish) (Mehanik kuchlanish):
1) fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab deformatsiya turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik deformatsiyalanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik deformatsiyalanadi. Plastik deformatsiya temperatura, tashki kuch va deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi deformatsiya passiv (sust) deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq deformatsiyaning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaqonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi;
2) geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. Deformatsiyaga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi.
Plastik deformatsiya haqida tushuncha
Metallning qandaydir hajmiga qo’yilgan tashqi kuchlar tizimi uni deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Elastik va plastik deformatsiyalar bo’ladi. Agar tashqi kuchlar olingandan so’ng deformatsiyalangan jism o’zining dastlabki shakl va o’lchamlarini to’liq tiklasa, bunday deformatsiya elastik deb ataladi. Agar tashqi kuchlar keltirib chiqargan jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishi, bu kuchlar olingandan so’ng o’z holida qolsa, bunday deformatsiyani plastik yoki qoldiq (qaytmas) deb ataladi.
Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish homaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik deformatsiya homaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida hajmlarini nisbiy siljitish yo’li bilan detalning berilgan shaklini olishga imkon beribgina qolmay, balki homaki mahsulot materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg’un muvozanat holatidan chetlatish hisobiga ro’y beradi va potentsial energiyaning minimum bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi qo’shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik deformatsiya atomlararo masofani o’zgarishi natijasida qaytadigan hajm o’zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan o’zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda po’lat uchun  0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi.
Atomlarni turg’un muvozanat holatidan chetlanishi jismda to’plangan potentsial energiyani oshiradi va belgilangan chegaralargacha chetlanish kattaligi deformatsiyalovchi kuchlar oshishiga proportsional ortib boradi. Har qanday sharoitlarda ham tashqi kuchlarning jismga ta’siri, atomlarni eng kam potentsial energiyali holatga qaytarishga intiluvchi, atomlararo kuchlarning qarshi ta’siri bilan muvozanatlashadi.
Plastik deformatsiya atomlarni yangi turg’un muvozanat holatlarga, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofadan ancha katta bo’lgan nisbiy siljishi hisobiga amalga oshadi. Plastik deformatsiyalashda jismga qo’yilgan kuchlar keltirib chiqargan umumiy deformatsiya plastik tashkil etuvchini ham, shu qatorda deformatsiyalovchi kuchlar olingandan so’ng yo’qoladigan elastik tashkil etuvchini ham o’z ichiga oladi.



Yüklə 109,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin