Bradikardiya - tomir urishining sekinlashuviga deyiladi.
Bronxial astma – infeksion-allergik kasallik bo‘lib, vaqt-vaqti bilan avj olib (qo`zg`alib), yillar davomida surunkali kechadi. Bronxit – bronxlar shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Brutsellyoz - bo`g`imlarning yallig`lanib shishishi, jigar, taloq, buyrak kabi ichki a`zolarning yallig`lanishi va kattalashishi, tana haroratini ko'tarilishi bilan surunkali kechadigan yuqumli zoonoz kasallik.
Chanoq-son bo`g`imining tug`ma chiqishi - displaziya bilan tug`ilgan chaqaloqni qattiq yo`rgaklash, beshikka tang`ib bog`lash, ayniqsa, ko`krak yoshidagi bolaning raxit kasalligida ehtiyot qilmaslik tufayli, son suyagini tashqariga va yuqoriga siljishi natijasida son suyagining to`la chiqish holati yuzaga keladigan kasallik.
Chanoq-son bo`g`imining tug`ma displaziyasi - homilada chanoq-son bo`g`imi qismlarining noto`g`ri o`sishi va shakllanishi tufayli yuzaga keladigan tug‘ma kasallik.
Daun sindromi - 21-xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Deratizatsiya - kemiruvchilarga qarshi kurashish tadbiri.
Dezinfeksiya- mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish.
Dezinseksiya- hashoratlarga qarshi kurashish.
Dorishunoslik fani dori moddalarning olinishi, ishlab chiqarilishi, odam organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi fan.
Dorixona (yunoncha-Apotheca-ombor) so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli muassasadir.
Duduqlanish - qo`rqish, shikastlanish tufayli aksariyat hollarda 1-3 va 7-8 yoshdagi bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi.
Edvarde sindromi - 18-nchi xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Ekssudativ-kataral diatez - bola organizmining allergiyaga tug‘ma moyilligi tufayli yuzaga keladigan kasallik holatidir.
Endemiya.Qandaydir yuqumli kasallikning ma'lum bir chegaralangan hududda, ya'ni ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, shahar aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan har yili, yoki har 2-3-5 yilda takrorlanib, tarqalib turishi.