Qayd raqami


Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari, abstinensiya holati



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə43/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

5.Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari, abstinensiya holati.
Giyohvandlik haqida tushuncha. Giyohvandlik—turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir kasallikdir.
Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu so`z yunoncha «narke» - karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma‘nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo`lib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy va jismoniy faoliyat qobiliyatlarini yo`qotadi.
Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u ba‘zi moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning ta‘siriga o`rganib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul qilib turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o`zini yomon his etadi, ya‘ni odam bu moddaga nisbatan mu‘te bo`lib qoladi.
Odam organizmining qandaydir moddasi o`rganib, mu‘te bo`lib qolish xususiyati ayniqsa narkotik moddalarga nisbatan kuchli bo`ladi.Buning oqibatida odamda giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarga o`rganib qolish tufayli piyonistalik (alkogolizm), tamaki (sigaret)ga, nosga o`rganib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga keladi.
XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning vabosiga aylanib borayotgani Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1998 yilning iyun oyidagi sessiyasida e`tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha qaror qabul qilindi.Shu bois, hozirgi kunda jahon mamlakatlari, jumladan O`zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qo`yilgan eng dolzarb muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir.
Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari.
Giyohvandlikni yuzaga kelishi bir nechta sabablarga bog`liq. Ulardan quyidagilarni misol sifatida ko`rsatish mumkin.
Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi birinchi ko`p uchraydigan sabab o`smirlarga xosdir. O`smirlar ulfatbozlikka ishqiboz bo`ladilar. Ular 3-4 nafar bo`lib suhbatlashib, ko`chalarda sayr qilishga qiziqadilar. Shu ulfatbozlik jarayonida o`smirlar guruhi orasiga bironta tajribali giyohvand qo`shilib qolsa, u boshqalarga giyoh moddasini qabul qilishni bepul muruvvat qiladi. Giyoh moddasini 2-3-4 marta qabul qilgan o`smir, uning ta‘siriga o`rganib qoladi. Natijada u giyohvandga aylanadi va giyoh moddasini qabul qilmasa chiday olmay qoladi. Ya‘ni xumor tutadi.
Kuzatuvlarda isbotlanishiga ko`ra, bitta giyohvand bir yilda o`rtacha 5 nafar sog`lom o`smir yoshlarni giyohvandlikka o`rgatadi. Giyohvand odam xudbin bo`ladi. U o`zining kasalligini iloji boricha ko`proq odamlarga yuqtirishga harakat qiladi. Buning uchun tajribali giyohvand o`smir yoshdagilar bilan o`rtoq kirishga, ularning guruhiga qo`shilib olishga intiladi. Chunki, u qanchalik ko`proq yoshlarni giyohvandlikka o`rgatsa, giyoh moddani sotib olish va qabul qilish uchun unga shunchalik yaxshi imkoniyat tug`iladi. Giyohvandlikka yangi o`rgangan har bir o`smir tajribali giyohvand uchun pul manba‘i hisoblanadi, ya‘ni u avvaliga ota-onasidan olgan puliga giyoh moddasini sotib olib, uni o`rgatgan «ustozi» bilan baham ko`radi. Keyinchalik ota-onasidan olgan puli yetishmaydi, chunki giyohvand organizmini giyoh moddasiga ehtiyoji haftadan-haftaga, oydan-oyga oshib boradi.
Bu ehtiyojni qondirish uchun avvaliga o`smir o`z uyidagi buyumlarni o`g`irlab sotishga, keyinchalik esa boshqalarning uyini o`g`irlashga, kissavurlikka va boshqa qonunbuzarlik yo`llari orqali pul topib, narkotik sotib olish va qabul qilishga majbur bo`ladi. Shunday qilib giyohvand changaliga tasodifan kirib qolgan sog`lom o`smir ikki-uch oy davomida ashaddiy giyohvandga aylanadi.
Giyohvandlikka eng beriluvchanlik 15-25 yoshdagi o`smirlar va yoshlarda uchraydi. O’smir avvaliga tamaki chekish, spirtli ichimlik iste‘mol qilish. turli xil kimyoviy moddalar hidini hidlash (toksikomoniya) kabi zararli odatlarga o`rganadi, so`ngra biror noqulay guruhga qo`shilib qoladida, giyohvandlikka o`rganadi. Aksariyat o`smirlar ota-ona, tarbiyachi, o`qituvchilarning doimiy nazoratidan qutulish, mustaqil ish tutish maqsadida ijtimoiy jihatdan noqulay odamlarga yaqinlashib «do`stlashib» giyohvandlikka o`rganib qolganlarini o`zlari ongli ravishda sezmay, his etmay qoladilar.
Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi ikkinchi sabab odam o`zining kundalik hayotida (oilada), o`qish joyida, ish joyida sodir bo`lgan ruhiy va moddiy qiyinchiliklar tufayli buzilgan kayfiyatini giyoh modda yordamida ko`tarishga intilish va shu moddani bir necha kun qabul qilishi natijasida unga o`rganib qolishidir.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin