Lyamblioz tashuvchilarda kasallik alomatlari bo‘lmaydi, lekin ularning najasi amaliyda tekshirilganda lyambliyalar topiladi.
Lyambliozning ichak turi ko‘proq uchraydi. Bemorning ichi ketadi. Najasi shilliq va qon aralash bo‘ladi. Ishtaha buzilishi, ko‘ngil aynish, qorinda g‘o‘ldirash bo`ladi.
Lyambliozning jigar turida o`ng qovurg`a ostida, xurujsimon og`riq bo`ladi, ko`ngil ayniydi, kekirish, qayt qilish kuzatiladi.Jigar kattalashadi, og`riydi, ba`zan ko`zning oq pardasi va teri sarg`ayadi.
Aniqlash. Najasni amaliy tekshiruvida lyambliya yoki uning sistalari topiladi.
Tibbiy yordam. 1. Dorilardan aminoxinol, metronidazol, furazolidon, vitaminlar, pankreatin, festal qo‘llanadi.
2. Parhez taomlar: qatiq, suzma, qaynatilgan go‘sht, mastava, yog‘siz sho‘rva tavsiya qilinadi. Bemorga xamirli ovqatlar, shirinliklar berilmaydi.
Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish.
Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya.
Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi.
Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o`smir ota-onasi, o`qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o`jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o`z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig`lash, qo`l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og`riq paydo bo`ldi, deb bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o`zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo`ladilar.
Dostları ilə paylaş: |