Tayanch iboralar Raxit - organizmda vitamin “D” yetishmasligi tufayli kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Spazmofiliya - bola organizmida kalsiy-fosfor tuzlari almashuvining buzilishi va qonda kalsiy miqdorining kamayishi natijasida yuzaga keladi.
Gipotrofiya – bola tana vaznining kamayishi (oriqlanishi), jismoniy rivojlanishining normadan orqada qolishi.
Ekssudativ-kataral diatez - bola organizmining allergiyaga tug‘ma moyilligi tufayli yuzaga keladigan kasallik holatidir.
Allergiya - atrof muhitning allergenlarga bola organizmi sezgirligining oshishi tufayli yuzaga keladigan kasallik holatidir.
Gelmintozlar - odamda va hayvonlarda tekinxo‘rlik qilib yashaydigan gijjalar.
Exinokokkoz- asosan jigar, o‘pka to‘qimalarining zararlanishi bilan surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Askaridoz - ingichka ichakda parazitlik qilib, tuxumlari meva va sabzavotlar, suv, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqib, surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Entrerobioz - yo‘g‘on ichakda parazitlik qilib, tuxumlari ‘yinchoq, idish, yaxshi yuvilmagan meva-sabzavotlar, ifloslangan suv orqali yuqib, surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Lyamblioz - ingichka ichakda, o‘t pufagida joylashib, parazitlik qilib, zararlangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabsazavotlar, ifloslangan qo‘l va ro‘zg‘or buyumlari orqali yuqib, surunkali kechadigan gijja kasalligi.