Nevrosteniya nevrozi - ko`pincha o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqib, injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi.
Isteriya nevrozi -oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi.
Psixasteniya nevrozi - tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.
Duduqlanish - qo`rqish, shikastlanish tufayli aksariyat hollarda 1-3 va 7-8 yoshdagi bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi.
Enurez - bolaning tez-tez hayajonlashiga, qo’rqishiga olib keladigan baqirishlar, janjallar tufayli, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladigan, siydik ayirish yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalligi.
Qaltiroq (Tiki) -tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina, tish, gijja, revmatik xoreya va boshqa kasalliklarning asorati tufayli, bolalarda uchraydigan asab buzilishi bilan bog`liq bo`lgan tartibsiz harakat qilishlar.
Miopiya - ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`lishi yoki ko`z gavharining do`ngligi ortib ketishi oqibatida buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushishi tufayli, uzoqdagi buyumlarni yaxshi ko‘ra olmaslik.
Gipermetropiya -ko`z soqqasi qisqaroq (yupqaroq, yapaloqroq) bo`lishi yoki ko`z gavhari do`ngligi (qalinligi) kamayib ketishi oqibatida buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushishi tufayli, yaqindagi buyumlarni yaxshi ko‘ra olmaslik.
Daltonizm - qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaslik.
Ko`z g`ilayligi. onaning homiladorlik vaqtida uning va homilaning yuqumli virusli kasalliklar bilan kasallanishi, shikastlanishi oqibatida kelib chiqadigan, ko`rish faoliyati buzilib, ko`zning kerakli nuqtaga qarataolmaydigan tug`ma yoki orttirilgan kasallik.