Qayd raqami


Eshitish qobiliyatini pasayishi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə93/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Eshitish qobiliyatini pasayishi.
Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to`lqinlarini qabul qilish imkoniga ega.Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq vaqt davomida ta`sir qilib tursa, shovqin to`lqinlari tashqi va o`rta quloq o`rtasida joylashgan nog`ora pardaga salbiy ta`sir ko`rsatishi natijasida, uning elastiklik xususiyati yo`qolib, eshitish o`tkirligi pasayadi.Bu odam sekin tovushni eshitish qobiliyatini yo`qotadi, ya`ni qulog`i og`ir bo`lib qoladi.
Bundan tashqari, uzoq vaqt ta`sir qiladigan kuchli shovqin, bosh miya chakka qismida joylashgan eshitish markazi nerv hujayralarini qo`zg`atib, odamning jahldor bo`lib qolishiga, uyqusi buzilishiga, arterial qon bosimini kutarilishi va yurak sanchishiga, nevroz kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Bolaning eshitish o`tkirligini oddiy usulda aniqlash uchun 5 metr masofadan uning o`ng, so`ngra chap qulog`iga qarata sekin tovush bilan unga tanish bo`lgan so`zlar aytiladi. Eshitish qobiliyati pasaygan bo`lsa, bu so`zlarni eshitmaydi.
Bolada kar-soqovlik.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish qobiliyati normal bo`lishi kerak.Chunki yosh bola (katta odam ham) eshitgan so`zlarni takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi.
Bolaning eshitish qobiliyati uning homila davrida (ona qornida) yoki ko`krak yoshi davrida turli kasalliklar natijasida buzilgan bo`sa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so`zlarni takrorlay olmaydi, demak nutqi rivojlanmaydi.Shuning uchun tug`ilgan paytda yoki ko`krak yoshi davrida eshitish qobiliyati buzilishi tufayli kar bo`lgan bola, soqov (go`ng) ham bo`ladi, ya`ni kar-soqovlikning vujudga kelishi bir-biri bilan bog`liq.
Bolada muvozanat a`zosi funksiyasining buzilishi.
Yuqorida bayon etilganidek, ichki quloqda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta`minlovchi vestibulyar analizatorning retseptorlari joylashgan. Muvozanat (vestibulyar) analizator markazi bosh miyaning pastki qismidagi miya ko`prigi hamda miyachada joylashgan.
Muvozanat (vestibulyar) analizator sog`lom, chiniqqan bo`lsa, odamning turli murakkab harakatlari, ya`ni yugurish, sakrash, aylanish, tomga, daraxtga chiqish, karuselda uchish, turnekda mashq bajarish, velosiped, mototsikl, avtomashina, samalyotda bo`lishi kabilar hech qanday nohush holatlarni yuzaga keltirmaydi.
Ammo, bolaning yoshligida muvozanat analizatori chiniqtirilmagan bo`lsa, ichki quloq yallig`lanishi, bosh miya pastki qismidagi miya ko`prigi, miyacha kasallansa, yoki shikastlansa, odamning (bolaning) murakkab harakatlarni bajarishi, fazoda tanasining muvozanatini saqlash qobiliyati buziladi.
Muvozanat a`zosi funksiyasi buzilsa, odam yugurganda, sakraganda, aylanganda, tomga, daraxtga chiqqanda karuselda, velosiped, mototsikl, avtomashinada bo`lganida, ayniqsa samalyotda, kemada bosh aylanadi, ko`zi tinadi, yurak urishi tezlashadai, rangi oqaradi, ko`ngli ayniydi, qusadi, hatto hushini yo`qotishi mumkin.
Bunday holatda tibbiy yordam:
1.Bolani yotqizish.
2.Kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) yoshiga qarab 0,2-0,3-0,5-1 ml teri ostiga yuborish.
3.Avtomashinada bo`lsa, uni harakatini to`xtatish, hech bo`lmaganda sekinlatish.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin