Tayanch iboralar Xromasomalar -barcha mavjudodlarning, hujayralari yadrosida joylashgan, nasldan-naslga berilish xususiyatlarining material asosi.
Genlar - barcha mavjudodlarning, hujayralari yadrosida joylashgan xromasomalaring tarkibiga kiruvchi, nasldan-naslga berilish xususiyatlarining material asoslaridan biri.
Irsiy kasalliklar - avloddan-avlodga o`tadigan, xromasoma va genlarda mutatsiyalr sodir bo’lishida yuzaga keldigan kasalliklar.
Spermatozoid – erkaklar jinsiy hujayrasi.
Tuxum hujayra - ayollar jinsiy hujayrasi.
Genetika - nasl kasalliklarini o`rganadigan fan.
Daun sindromi - 21-xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Edvarde sindromi - 18-nchi xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Patau sindromi - 13-nchi xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Klaynfelter sindromi– erkaklarda uchraydigan irsiy kasallik.
Shershevskiy – Terner sindromi– ayollarda uchraydigan irsiy kasallik.
Monogen nasl kasalliklari – bolaning chaqaloqlik davridayoq namoyon bo`ladigan galaktozemiya, fenilketonuriya, gemofiliya, albinizm, daltonizm va boshqa irsiy kasalliklar.
Poligen nasl kasalliklari - chaqaloqda va bolalik davrlarida namoyon bo`lmaydigan qandli diabet, ateroskleroz, gipertoniya, glaykoma, shizofreniya va boshqa irsiy kasalliklar.