75
to‘ldirmaslik kerak. U qanchalik aniq, qisqa, tushunarli bo‘lsa,
mashq
shunchalik samarali o‘tadi va kutilgan natijani beradi. Trenerning
yo‘riqnomani tushuntirish uchun sarflagan vaqti mashqni bajarishga ketgan
vaqtga nisbatan kamroq vaqtni olsa, bunday yo‘riqnomani
risoladagidek
yo‘riqnoma deyish mumkin. Trener yo‘riqnomani tushuntirish davomida
har bir ishtirokchi bilan ko‘z orqali kontakt o‘rnatishi kerak. Bu esa
ishtirokchilarning e’tiborini
oshirish, diqqatini jalb etish va ularni
yaxshiroq tushunishga olib keladi. Trener yo‘riqnomaning tushunarliligi
yoki tushunmaganlik holati bo‘lganligini so‘rash shart.
Yo‘riqnoma hamma uchun tushunarli bo‘lganligini
va ishtirokchilar
nima qilishni bilib olganligiga ishonch hosil qilganidan keyingina
boshlovchi mashqni bajarishga kirishishi mumkin. Agar mashqni bajarish
jarayonida yo‘riqnomani kimdir yaxshi tushunmagan bo‘lsa,
u holda
mashqni bajarishni to‘xtatish va yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish lozim
bo‘ladi.
Trenerning o‘zi mashq bajarishda qatnashishi kerakmi? degan savolga
javob izlanadigan bo‘lsa, aytish mumkinki, bu savolga javob aniq emas. Bu
borada faqat ba’zi bir ko‘rsatmalarni ta’kiddab o‘tish mumkin.
Trener kunning 1-yarmida o‘tkaziladigan
qisqa psixogimnastik
mashqlarda imkoniyatiga qarab ishtirok etishi kerak, ayniqsa, kun boshida.
Buni hatto qoida sifatida qabul qilish ham mumkin. Imkoniyat deganda esa
bitta odam trener bo‘lib ishlash qiyin, har doim yordamchi trener bo‘lishi
kerakligi nazarda tutiladi.
Ishtirokchilarning toq yoki juft soni talab qilinadigan mashqlarda
guruhni to‘ldirish uchun qatnashishi mumkin. Lekin, bu trener shunday
holatdagi barcha mashqlarda albatta qatnashishi shart degani emas. Lekin
trener mashq jarayonida guruhni tartibga solib turishi kerak.
Agar trenerdan mashqni nazorat
qilib turish talab etilsa, u mashq
bajarishda qatnashmaydi. Ayniqsa ko‘zni yumib bajariladigan mashqlarda.
Dostları ilə paylaş: