O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI
QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
PULATOV JAMSHID ABDUMAJITOVICH
SPORTCHILARNI
PSIXOLOGIK TAYYORLASH
O‘QUV QO‘LLANMA
Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi ta’lim faoliyatini takomillashtirish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi
muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
“UMID DESIGN”
TOSHKENT – 2021
2
UO‘K 159.9:796.071(075)
KBK 88
P 99
Po‘latov, J.A., Yeldasheva G.
Sportchilarni psixologik tayyorlash [Matn] : o‘quv qo‘llanma / J.A. Po‘latov,
G. Yeldasheva.-Toshkent: "Umid Design", 2021.-136 b.
ISBN 978-9943-7292-2-3
Ushbu o‘quv qo‘llanma Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari, barcha bolalar-
o‘smirlar sport maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan trener-o‘qituvchilar, talabalar,
ilmiy tadqiqotchilar hamda mazkur soha doirasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga
mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanmada sport psixologiyasining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan
bo‘lib, trener-o‘qituvchining sportchi shaxsida qo‘yiladigan psixologik talablar,
sportchilarni mashg‘ulotlarda, musobaqalarda va musobaqadan so‘nggi holat va
jarayonlarida psixologik tayyorlash usullari, shakl, vositalari bilan bir qatorda ularni
psixologik-pedagogik tashxis metodikalar orqali aniqlash hamda psixokorreksiya
ishlarida psixotrening mashg‘ulotlaridan samarali foydalanish yo‘llariga doir
ma’lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |