37
ko‘rsatilsa, ikkinchi tomondan esa sportchi
shaxsining yoki muayyan
psixik xolatning yaxlit tavsifi beriladi.
Diagnostikaning yuqorida tilga olingan barcha tamoyillari uslublarni
tanlashga va diagnostikani tashkil etishga nisbatan o‘zining aniq
talablariga egadir. Tanlangan uslublar validligi, ishonchliligiga ega
bo‘lishi kerak, hamda prognostik qiymati va differensiyalovchi kuchi bilan
ajralib turmog‘i lozim.
Validlik – bir tomondan psixologik tajriba natijalarining,
ikkinchi
tomondan esa sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining xatti-harakatlari va
faoliyati turlari, shakllari o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi.
U psixologik tajribaning qanchalar haqqoniy ekanligini o‘zida
ifodalaydi.
Ishonchlilik – o‘rganilayotgan guruh ichida sinovga jalb etilgan
sportchi shaxsining doimiy joyini (uning tabaqasini) belgilab beradi.
Testning ishonchliligini sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining ikkita
ko‘rsatkichini, juft va toq topshiriqlarni qiyoslash orqali aniqlash yoki
ikkita tajribani, yo bo‘lmasa bir necha tajriba variantlarini o‘zaro qiyoslash
orqali aniqlash mumkin. Bunda 0.8 – 0.9 tartibidagi korrelyatsiya
koeffitsientlari testning ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
Testning
prognostik qiymati muvaffaqiyatga
erishish darajasini
oldindan ko‘ra bilish imkoniyatlarini ifodalaydi. Prognostik baholar
kishilarni bir-biriga taqqoslash, masalan, muayyan bir sport turi bo‘yicha
“ideal” sportchini maxsus sinovlar ma’lumotlariga nisbatan taqqoslash
orqali ham olinishi mumkin. Prognostik baholarni sinovga jalb etilgan
sportchi shaxsining xususiy jihatlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan kishidan
so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan ham olish mumkin.
Agar yuqori malakali
basketbolchi – mergan, ko‘zo‘lchov testlar jarayonida o‘ta aniq mo‘ljalga
olish natijasini ko‘rsatsa, bu ham qo‘llanilayotgan testning prognostik
qiymati haqida fikr bildirish imkoniyatini beradi.
Umuman olganda psixodiagnostikaning vazifasi sportchining
imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir.
a) Sport bilan shug‘ullanish chog‘ida (sportdagi tanlash muammosi);
b) muayyan tayyorgarlik mashqlari siklida yoki alohida
mashg‘ulotlarda;
v) musobaqalarda yoki muayyan musobaqada.
Sportdagi tanlash muammosi – o‘ta dolzarb va ayni paytda ilmiy bilish
o‘ta qiyin bo‘lgan muammodir. Ushbu muammo asosan sport
murabbiylarining ko‘p yillik tajribasi evaziga hal etiladi.
38
Sportdagi tanlash bo‘yicha psixodiagnostikaga oid tadqiqotlar hozircha
juda kam.
Mashg‘ulot jarayonida sportchining imkoniyatlarini aniqlash
psixodiagnostikaning eng muhim qismidir. Sportchilar organiz-
mi dosh berayotgan yuklamalarning psixologik ko‘rsatkichlari, unga
moslashuvchanligi darajalari tadqiq etishga molikdir. Buning uchun
musobaqalarda organizm tomonidan olinadigan yuklamalar ta’siri ostida
yuz beradigan bioximik o‘zgarishlar va ularning psixofiziologik hamda
psixologik ko‘rinishlari orasidagi aniq aloqalarni
aniqlashga bioximik
ko‘rsatkichlardan foydalanish kengayib bormoqda.
Musobaqalarda sportchilarning imkoniyatlarini aniqlash va belgilab
olish. Bu ham psixodiagnostikaning eng zaruriy bo‘limlaridan biri
hisoblanadi. Sportchining start oldidagi psixik holatiga asoslangan holda
musobaqadan oldingi prognozlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi.
Musobaqalardan oldingi diagnostika birinchi navbatda boshqaruv
vositalarini yoki startoldi emotsional holatlarini o‘z-o‘zini tartibga solish
vositalarini zamonaviy tarzda qo‘llay bilish uchun zarurdir.
Psixodiagnostika maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi
uchun u albatta sport
murabbiyiga va sportchiga bag‘ishlangan ayrim sport turlari bo‘yicha yoki
musobaqalar jarayonida qo‘llanish uchun tavsiya etilgan psixologik-
pedagogik tavsiyalarga muvofiq kelishi kerak.
Sportchining holati va xatti-harakatlarni boshqarish quyidagi tarzda
namoyon bo‘ladi:
1. Muayyan motivlarni tanlashda (sportchini izchil ravishda
o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlariga ko‘niktira bilish.).
2. Muloqotning o‘ziga hosligida (tayyorgarlik mashg‘ulotlari va
musobaqalar chog‘ida yuz beradigan turli vaziyatlarda sportchiga nimani
va qanday aytishni bilish).
3. Musobaqalar oldidan va bevosita start oldidan sportchi o‘zini
hayajonini qo‘lga ushlay olishida.
4. Startoldi holatlarida sportchining o‘z holatini boshqarish va o‘z-
o‘zini tartibga solishiga yo‘naltirilgan hamda mashg‘ulotlar yoki
musobaqalardagi kuchli zo‘riqishlardan so‘ng o‘zini
qayta tiklab olishga
yo‘naltirilgan maxsus psixologik tadbirlardan foydalana bilishda.
Mazkur sportchilarning holati va xatti-harakatlarni aniqlashda quyidagi
metodlar muhim sanaladi:
Dostları ilə paylaş: