Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Uchinchi bosqich – asteniklik. Uning belgilari: kayfiyatning umumiy 
depressiv ko‘rinishi, vahima, xavotir, o‘z kuchiga ishonmaslik, o‘ta 
jizzakilik, har narsaga xafa bo‘lish, senzitivlik ya’ni, har narsani ko‘ngilga 
yaqin olish. Vahima (vahimalilik) – ilgari sportchi uchun mutlaqo 
ahamiyatsiz bo‘lgan vaziyatlarda, yuzaga keladigan kuchli xavotirlanish va 
hatto qo‘rquv tarzida namoyon bo‘ladigan ichki psixologik oromning 
buzilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Sport psixologiyasida vahimani 
tadqiq etishga juda katta e’tibor beriladi. Biroq bu tadqiqotlarning 
aksariyati musobaqalashuv sharoitlaridagi vahima jarayonlariga bog‘liqdir. 
Mashg‘ulotlar jarayoni bilan yuzaga keluvchi vahimalilik, u qadar o‘tkir 
bo‘lmasa-da, biroq barqaror ancha chuqur va uzoq muddat davom etadi. 
Vahimalilik holati – o‘z kuchiga, imkoniyatlariga ishonmaslikni, 
irodasizlikni oldinga qo‘yilgan natijalarni qo‘lga kiritishga shubhalanish 
hissini keltirib chiqaradi. Vahimalilik ham o‘ziga ishonch (yoki 
ishonchsizlik) ham sportchi shaxsining o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi va u 
sportchining muayyan paytdagi holatini ifodalovchi hodisa tarzida 
kechishi mumkin.
Mashg‘ulotlar jarayonida irodaviy zo‘r berishni tarbiyalash maqsadida 
murabbiylarga quyidagi psixologik tavsiyalar taqdim etmoqchimiz:
1. Mashg‘ulotlar chog‘idagi qiyinchiliklar eng oliy darajaga еtgan 
paytlarda sportchilarda yuz beradigan psixik o‘ta zo‘riqishning ayrim 
darajalari – to‘g‘ri tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonining tabiiy 
oqibatidir. Sportchilardagi psixik o‘ta zo‘riqishning mutlaqo sezilmasligi, 


30 
ularning bundan ham kattaroq jismoniy qiyinchiliklarni ko‘tara olishini va 
yanada qat’iyroq sport rejimiga dosh berishi mumkinligini ko‘rsatadi. 
2. Agar unchalik og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan holi odatiy 
mashg‘ulotlar jarayonida, sportchida psixik o‘ta zo‘riqishning dastlabki 
belgilari kuzatiladigan bo‘lsa, buning sababini qo‘shimcha omillardan 
qidirish lozim. Ya’ni:
a) sportchi uchun jamoada yaratilgan noxush psixologik iqlim 
(masalan, jamoa a’zolaridan biri bilan o‘zaro nizo yoki sportchining o‘z 
uyidan, oilasidan uzoq muddat ajralib, sport yig‘inlarida ishtirok etishi); 
b) motivatsiyasining pasayib ketishi (masalan, sportchi ishtirok etishni 
nihoyatda xohlagan musobaqalarning bekor qilinishi); 
v) sportchining sportchi shaxsiy hayotida nizoli, mojaroli 
vaziyatlarning yuzaga kelishi (masalan, mashg‘ulotlar bilan maktabdagi, 
institutdagi imtihonlar uchun bir oz vaqt ajratishning qiyin kechishi, uning 
uylanishi yoki turmushga chiqishi ham ba’zi hollarda bunday nizoli 
holatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin); 
g) sportchining qadriyatlari tizimida yangi, sportga nisbatan ham 
muhimroq biror mavzuning paydo bo‘lishi yoki muayyan vaziyatda uning 
uchun sportning qadri nisbatan pasayishi (masalan, sportchi kvartiraga ega 
bo‘ldi, mashina sotib oldi va ayni paytda ana shu tashvishlar bilan band) 
va hokazo. 
3. Murabbiy shuni doimo esda tutishi lozimki, sportchida psixik o‘ta 
zo‘riqishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganda avvalo sportchining 
o‘zgalar bilan munosabati va xatti-harakatlarini tuzatish, ularga 
o‘zgartirish kiritish lozim, hatto uning rejimini ham o‘zgartirish mumkin. 
Lekin, mashg‘ulotlarning jismoniy qiyinchiliklaridan zinhor voz kechish 
kerak emas. Sportchi o‘zi ushbu holatni albatta boshdan kechirishi 
zarurligini his etishi va tezda yana qayta oyoqqa turib ketishiga ishonishi 
shart. 
4. Psixik o‘ta zo‘riqishning ikkinchi bosqich belgilari namoyon 
bo‘lganda, murabbiy rejalashtirilgan mashg‘ulotlardagi jismoniy 
yuklamani va sportchini qayta tiklanishini ko‘rib chiqishi kerak. 
5. Agar psixik o‘ta zo‘riqishning uchinchi bosqichi belgilari namoyon 
bo‘lib qolsa, demak bu murabbiy sportchini tayyorlashda juda qo‘pol xato 
va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligini bildiradi (ya’ni, mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish uslubida, ularni tashkil etishda, sportchilar yashash sharoitida, 
ovqatlanishida, ular bilan muloqotda, ularning dam olish sharoitlarida va 
hokazolarda).


31 
Psixik o‘ta zo‘riqishning uchinchi bosqichini boshdan kechirgan 
sportchi juda kam hollarda sportga qaytadi. Bu holatdan keyingi uzoq 
muddat davom etishi lozim bo‘lgan dam olish, unga barcha imkoniyatlarni 
muhayyo etuvchi shart-sharoitlar, uning qat’iy talablar, yuqori jismoniy 
qiyinchiliklar bilan kechuvchi sport sohasiga qaytishiga to‘sqinlik qiladi, 
oliy maqom, ya’ni ekstraklass toifadagi sport natijalarini qo‘lga kiritishiga, 
sportchining yana ilgarigidek o‘zini butkul sportga safarbar etishiga 
monelik qiladi. 
6. Jismoniy yuklamalar ayniqsa kuchaygan bir paytda, agar sportchi 
mashg‘ulotlarda ishtirok etmaslikni astoydil talab qilayotgan bo‘lsa, uning 
bu istagini ana shunday qat’iyat bilan rad etish yaramaydi. Albatta, 
tushuntirish, uni ishontirish, unga zulum o‘tkazish, kuch ishlatish, tahdid 
qilish va yoki boshqa vositalar bilan sportchini mashg‘ulotlarda ishtirok 
etishga majbur qilish mumkin, ammo avvalo shunga zaruriyat bor yoki 
yo‘qligini bilib olish lozim. Ehtimol, bu sportchining o‘ziga xos ojizligidir 
va uning irodasini mustahkamlashga yordam berish orqali uni bu 
nuqsondan xalos etish mumkin. Agar sportchining mashg‘ulotlardan bu 
tarzda bosh tortishiga uning psixik-asab tizimlarining dosh berish darajasi 
tugab qolganligi sabab bo‘lsa, unda sportchi bittagina mashg‘ulot deb, 
startga tetik va dam olgan holda bora olmay qoladimi, – degan savol 
tug‘iladi. Agar sportchi avvaldan o‘zini o‘ta “dangasa” sifatida ko‘rsatgan 
bo‘lsa, bunday sportchini istagancha majburan mashq qildirish mumkin, 
biroq chindan ham astoydil ishlaydigan, halol sportchiga bu borada 
muammoni hal etishni o‘z ixtiyoriga qoldirgan ma’qul. 
7. Sportchining yoshi va tajribasi qancha katta bo‘lsa, u shuncha katta 
mustaqillikni talab etadi. Ammo hamma sportchilarga ham birdek 
mustaqillik berib bo‘lmaydi. Bu mojaro va nizoli vaziyatlarning yuzaga 
kelishi uchun zamin tayyorlab, yuqori jismoniy qiyinchiliklar paytida har 
qanday arzimas sabablar bilan turli noroziliklar, kelishmovchiliklarni 
keltirib chiqaradi. Bir tomondan ularni oldindan ko‘ra bilish va ularning 
oldini ola bilmoq joiz bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu nizolar, janjallar yosh 
sportchilarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga harakat qilmoq 
kerak.
Xulosa qilib aytganda, sportchilarni mashg‘ulot va musobaqalarda 
irodaviy tayyorlashda oila va sport maktablarining o‘zaro hamkorligi, 
qo‘llab-quvvatlashi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri 
bo‘lmog‘i lozimdir. 


32 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin