36
va u haqida to‘plangan ma’lumot va axborotlar unda dominant ya’ni
miyani yuqori hajm egallashi natijasida hayajonlanish kuzatilishi mumkin.
Psixodiagnostika atamasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1921 yilda
psixolog G. Rorshax tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib mazkur atama
asosida bugungi kunda alohida mustaqil fan sifatida amaliyotga joriy etilib
kelinmoqda. Psixodiagnostika sport natijalarini prognozlashtirish
maqsadida sportchining u yoki bu funksiyalarini rivojlanish darajasini
aniqlashni vazifa qilib qo‘yadi. Sportchilarni psixodiagnostika qilishda bir
qancha tamoyillar asos bo‘lib xizmat qiladi:
Ob’ektivlik (xolislik) tamoyili. Bunda sportchini tanlash va holati
qanday bo‘lsa shundayligicha o‘rganish, qabul qilish tushuniladi. Ushbu
diagnostikalar tajriba o‘tkazuvchining xohishiga yoki imkoniyatlariga
ko‘ra emas, balki yuz bergan hodisaning ob’ektiv xususiyatlariga bog‘liq
ravishda tahlil qilinishi kerak.
Prognozlash tamoyili. Bunda sportchini yoki uning raqibini jismoniy
sifatlari, individual psixologik xususiyatlari, musobaqalarda erishgan
yutuq va kamchiliklari, faoliyat natijalari o‘rganiladi, tahlil qilinadi hamda
bo‘ladigan musobaqa jarayonida qanday texnik-taktik mahoratga,
psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lish lozimligi bo‘yicha ma’lum bir
tasavvurga ega bo‘ladi.
Differensiallashgan tamoyili. Bunda masalan boks mamlakatlar
O‘zbekiston – Kuba sportchilarining o‘zaro texnika-taktika tomonlama
farqli tomonlari o‘rganiladi, taqqoslanadi va shunga asoslanib
musobaqalarda raqibga baho berish va shunga mos tarzda harakat qilish
belgilab olinadi. (
Differensiallashgan tamoyil murabbiy-murabbiy, sport
maktabi-sport maktabi, sportchi-sportchilarning jismoniy sifatlari,
psixologik tayyorgarligi, texnik-taktik mahoratlari o‘zaro taqqoslanadi.
Dostları ilə paylaş: