39
Sportchining psixologik o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar
amalga oshiriladi:
a) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
b) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;
v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to‘planadi;
g) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;
d) kuzatish qancha davom etishi belgilanadi;
ye) kuzatish sportchining qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat,
sportda), amalga oshirilishi tavsiya etiladi;
yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi;
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik
suhbat
daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt
qilinadi.
Sportchini kuzatish orqali undagi emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan
tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda aql-zakovatining
ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar
olindi. Natijada sportchining musobaqaga
jismoniy va psixologik
tayyorgarlik holati qay tarzda,
qay tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi
kuzatiladi. Tajribalarimizning ko‘rsatishicha,
kuzatish yordamida sport
bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchining chaqqonligi,
chidamliligi,
tashabbuskorligi, sport musobaqasi jarayonida fikrning bir ob’ektga
yo‘naltirilganligi, tashqi ta’sirga berilmasligi, yuz
alomatlaridagi tashvish
va iztirob, o‘z-o‘zicha ichki nutqning paydo bo‘lishi, o‘z raqibiga
tomoshabin va hakamlarga sinchkovlik bilan qarashi, g‘azab va xursandlik
kabi ruhiy kechinmalarni kuzatish orqali ilmiy-uslubiy ma’lumotlarni
to‘plash mumkin.
Eksperiment metodi. Sportchilarni mashg‘ulotlar
jarayonlarida maxsus
texnika va texnologiyalarni qo‘llash orqali biror-bir natijaga erishish bo‘lib,
sportchining jismoniy sifatlari,
texnika va taktikasi, psixologik tayyorlash
va rivojlantirishda Sun’iy hosil
qilingan sharoitda namoyon
bo‘luvchi faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: