40
Test metodi.
Test –
inglizcha,
«tekshirish» degan ma’noni
anglatadi, Sportchi shaxsiga, aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy
sifatlari
va
boshqa
psixik
xususiyatlarini
tekshirishda
qo‘llaniladigan qisqa standart masala, misol yoki jumboqlar test deb
ataladi. Testlar mazmunan ikki turga bo‘lib o‘rganiladi,
jumladan:
1. Bilim doirasini aniqlashga qaratilgan test (fanlar kesimida
o‘zlashtirganlik darajalarini aniqlash maqsadida).
2. Psixologik testlar (intelekt) bo‘lib ikki turga bo‘linadi:
Verbal testlar (so‘zlar, ma’nolar)
Noverbal testlar (shakllar)
Psixologik testlar orqali sportchilarning temperament,
xarakter,
qobiliyat, iqtidor kabi individual psixologik xususiyatlari, sezgi, idrok,
xotira, tafakkur, diqqat, xayol kabi bilish jarayonlari, his-hayajon, stress,
depressiya, effekt kabi psixik holatlar o‘rganiladi va psixokorreksiya
ishlari amalga oshiriladi.
Jumladan, quyidagi psixologik testlarni
e’tiboringizga havola etmoqchimiz:
Biografik (tarjimai hol) metodi. Sportchi psixikasi tadqiq qilish
uchun o‘zining faoliyati, natijalari to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma
ma’lumotlar biografik metod orqali o‘rganiladi.
Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasida
bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini
o‘lchashda qo‘llaniladi. Ushbu usul juda tez fursatlarda va texnik
jihatdan juda oddiy tarzda guruhlarning ichki
tarkibiga kirib borish va
ulardagi sportchi shaxsilararo muloqotlarning asosiy xususiyatlariga baho
berish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, sotsiometriya sportchi
shaxsini muayyan guruhning bir qismi, ya’ni elementi sifatida o‘rganishga
ham xizmat qiladi.
Sotsiometriya usuli jamoa so‘rov shakllardan biridir. Uning o‘ziga hos
jihati shundaki, sport jamoasi boshqa a’zolarining xatti-harakatlariga
sub’ektiv baho berish yoki ularni qandaydir bir faoliyati uchun tanlab olish
yordamida jamoa a’zolari har birining alohida sportchining shaxsiy
qiyofasi,
shuningdek, jamoaning umumiy qiyofasi keltirib chiqariladi.
Sport amaliyotida sotsiometriya usulining asosan ikkita varianti keng
tarqalgandir:
1) Baholash usuli. Bunda har bir sportchi o‘z jamoasining boshqa
barcha a’zolarini ro‘yxatdagi ayrim standart sifatlariga ko‘ra baholaydi
yoki tavsiflaydi. Masalan, xokkeychilar jamoasida quyidagi sifatlarga baho
berilishi mumkin: kuchli yakkama-yakka kurashda g‘olib chiqish
41
qobiliyati; to‘pni uzatishdagi aniqlik; kam miqdordagi o‘yinchilar
bilan
samarali o‘yin ko‘rsatish qobiliyati va hokazolar.
2) Tanlash usuli. Bunda har bir sportchi o‘z jamoasi a’zolari ichidan u
yoki bu faoliyatni birga bajarish uchun, o‘zining sub’ektiv xohishiga
asosan bir necha kishilarni ajratib oladi. Masalan, alpinistlar guruhini
tashkil etish jarayonida quyidagi savollar berilishi mumkin: “Siz
yo‘nalishda birinchi bo‘lib yurishga kimni qo‘yar edingiz?”, “O‘zingizning
ehtiyot choralaringiz uchun kimni tanlaysiz?”, “Qutqaruvchi guruh
tarkibida kimlarni ko‘rishni xohlar edingiz?”. Yuqorida qayd etilgan har
ikki variant ham guruhda hukmron bo‘lgan
norasmiy tarkibni hamda
undagi psixologik muhitni tadqiq etish, ya’ni: jamoaning uyushganlik
darajasini aniqlash, undagi kichik guruhlarni ajratish, har bir jamoa
a’zosining obro‘
darajasini baholash, jamoa muhitiga g‘ayirlik, janjal va
dushmanlik ruhini olib kiruvchi sportchilarni aniqlash imkonini beradi.
Kichik guruh tarkibini sotsiometriya natijalari bo‘yicha tavsiflash uchun
jadvallar nazariyasining matematik usullari qo‘llaniladi. Bunda jamoadagi
munosabatlarning mazmuni jadval tarzida ifodalanadi, unda sportchilar
ushbu jadvalning cho‘qqilari, ular o‘rtasidagi munosabatlar esa yon
qovurg‘alar ko‘rinishida ifodalanadi. Barcha qovurg‘alari ko‘rsatkich
chiziqlardan iborat bo‘lgan, ya’ni unga xos munosabatlarni ko‘rsatib
turuvchi jadval (masalan A sportchining
B sportchiga nisbatan
munosabatini) “yo‘naltirilgan jadval” deb ataladi. Ko‘pgina hollarda
munosabatlarning nafaqat yo‘nalishi, balki mazmuni ham ko‘rsatiladi
(masalan,
ijobiy
yoki
salbiy).
Bunday
hollarda
jadvaldagi
qovurg‘alarga“+” yoki “-” belgilari qo‘yiladi. Bunday jadvallar “belgili
jadvallar” deb ataladi. Bu esa sport jamoasining tarkibini yo‘naltirilgan
belgili jadval yordamida ochiq-oydin ifodalash mumkinligini anglatadi.
Sportchilarni psixologik tayyorlashda psixologik tashxis metodikalarni
ahamiyati muhim bo‘lib sportchi shaxsini mantiqiy fikrlash jarayonini,
o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarishga bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishga to‘rtki bo‘ladi.
Biz shu o‘rinda sportchilarni psixologik-pedagogik tashxis
metodikalaridan namunalar keltirmoqchimiz:
Dostları ilə paylaş: