Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Uchburchak 
Ular harakatchan, kuchli shaxslar. O‘z oldilariga aniq maqsadlar 
qo‘yadilar va odatda ularga erishadilar. Eng asosiy narsani ilg‘ab olish 
ularning xarakterli belgilaridir.
Uchburchakning еtakchi sifati birinchi bo‘lishga intilishdir. 
Uchburchaklarda kvadratlar kabi faollik chap yarim sharlarga to‘g‘ri kelib, 
ular yaxshigina intellekt sohibidirlar. Vaziyatni tez va chuqur tahlil qilish 
va shu asnoda masalaning mazkur sharoitdagi eng to‘g‘ri еchimini 
topishga qodirdirlar. Shu sababli uchburchaklardan juda yaxshi rahbarlar, 
menejerlar chiqadi. Ular o‘z ishlari va qo‘l ostidagilar mehnatini «yuqori 
lavozimdagi boshliq» e’tiboriga qanday taqdim etishni bilishadi.
Uchburchaklar o‘zlarini doimo haq deb hisoblaydigan, o‘ziga 
ishongan odamlar. Doimo haq bo‘lishga kuchli ehtiyoj, boshqaruvga 
intilish hissi, masalani faqat o‘zi uchun emas, o‘zgalar uchun ham hal 
qilishga harakat qilish uchburchaklarni doimo boshqalar bilan 
bellashishga, kurashga da’vat qiladi. Bunday shaxslar dunyoqarashida 
omad, g‘alaba, yutuq kabi tushunchalar еtakchi o‘rinni egallaydi. 
Ular ko‘pincha tavakkalchi, toqatsizdirlar, ayniqsa qaror qabul 
qilishda ikkilanadigan kishilarga toqatlari yo‘q. Uchburchaklar o‘z 
xatolarini tan olishni yoqtirmaydilar. Juda qiyinchilik bilan o‘z xatolariga 
iqror bo‘ladilar. Ko‘pincha ular o‘z so‘zlarida turib oladilar. E’tirozni 
qabul qilmaydilar va o‘z bilganlaricha ish tutadilar. Shu qatorda ular 
asosiy maqsadlariga olib boradigan narsalarni, foydali axborotlarni tez 
singdirib oladilar. 
Uchburchaklar shuhratparast, karerist, jamiyatda yuqori darajaga 
erishishga harakat qilishadi. Ishga kirishishdan oldin va qaror qabul 
qilishda uchburchaklar o‘z oldilariga quyidagicha savol qo‘yadilar: «Xo‘sh 
men bundan qanday manfaat ko‘raman?». Ular foyda keltiradigan ishni 
yuz chaqirimdan sezishadi va uning uchun raqiblari bilan ayovsiz kurashga 
tayyor bo‘lishadi. Biroq ularning asosiy salbiy sifatlari kuchli 


45 
egotsentrizm, 
o‘ziga 
yo‘nalganlikdir. 
Uchburchaklar 
hokimiyat 
cho‘qqisiga intilish yo‘lida har qanday vositadan foydalanishga tayyor, o‘z 
maqsadlariga erishishda boshqalarning xohishlarini hisobga olmagan 
holda, ularning boshi ustidan yurib borishdan qaytmaydigan kishilar 
toifasidandir. 
Uchburchak hammani o‘z izmiga solishga harakat qiladi. Ularsiz 
hayot o‘z keskinligini yo‘qotgan bo‘lardi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin