To‘g‘ri to‘rtburchak
Bu shaxsning davriy o‘tish shakli bo‘lib, hayotning ma’lum bir
bo‘laklarida nisbatan mutloq hisoblangan to‘rt shaklda ham namoyon
bo‘lishi mumkin. Bu odamlar o‘z hayotlarining hozirgi kechish tarzidan
qoniqmaydilar va uning yaxshilanishi uchun izlanish va harakatda
bo‘ladilar. To‘g‘ri, bu shaklni tanlash sabablari turlicha bo‘lishi mumkin,
ammo ularni birlashtirib turuvchi narsa bitta – insonning o‘zgarishlarga
hayrixohligidir.
To‘g‘ri to‘rtburchakning asosiy psixologik holati muammoni tushunib
еtishda noaniqlik, dovdirab qolish, chuvalashtirib yuborish, shuningdek,
o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarning ham ma’lum bir vaziyatlarda
noaniqligi kuzatiladi.
To‘g‘ri to‘rtburchak holatlari kunaro, hatto kun davomida o‘zgarib
turadi. Ularning o‘z-o‘zini baholashi deyarli doim past bo‘lganligi uchun
«yaxshi» bo‘lishga intiladilar. Yangi ish uslublarini izlaydilar. Hayot
tarzini yaxshilashga intiladilar. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning xatti-
harakatini diqqat bilan kuzatsak, u boshqa shakllar: «uchburchak»,
«aylana» va boshqalarning «kiyimlar»ini «kiyib» ko‘radi. To‘g‘ri
to‘rtburchaklarning xatti-harakatlari kutilmaganda shiddatli, keskin,
o‘zgarib turishi atrofdagilarni sergak tortiradi va ular ongli ravishda
bunday «o‘zgaruvchan odam» bilan muloqotga kirishishdan qochishlari
mumkin. Aslida esa ular uchun boshqalar bilan muloqotda bo‘lish
zaruratdir, o‘zgaruvchanlikning yana bir qiyinchilik tomoni ham shunda.
To‘g‘ri to‘rtburchaklardagi ijobiy fazilatlardan biri hayotiy
qiziquvchanlik, faollik va jasoratdir. To‘g‘ri to‘rtburchaklar ulargacha
hech kim qilmagan ishlarni qilishga, hech kim o‘ylab ko‘rmagan
savollarga javob berishga harakat qilishadi. Bu shaklni tanlagan kishilar
mazkur hayotiy bosqichda yangi g‘oyalar, qadriyatlar, turli qarash va
47
hayot tarzlarini osongina qabul qilishadi. To‘g‘ri, ikkinchi tomondan
qaraganda, bu narsa ularni haddan tashqari ishonuvchan, turli ta’sirlarga
beriluvchan, soddaroq bo‘lishlariga olib keladi. Shuning uchun ham
boshqalardan ko‘ra ularga ta’sir o‘tkazish osonroq.
Zigzag
Bu shakl-ijodkorlik timsolidir. Zigzag-haqiqiy o‘ng yarim sharning
faolligi aks etgan noan’anaviy fikrlovchi shaxs. Unga obrazli fikrlash,
oldindan his etish (intuitsiya), integrativ (mujassamiy) fikrlash xususiyati
xosdir. Uning o‘y-fikrlari bir zumda bir-biridan uzoq bo‘lgan nuqtalarga
ko‘chishi mumkin, shuning uchun atrofdagilarga ularni tushunishlari qiyin
kechadi.
Zigzaglarga ko‘proq tafakkurning sintetik turi xosdir. Ularga bir-
biridan mutloq farq qiladigan g‘oyalarni birlashtirib, mujassamlashtirib,
shu asosda butunlay yangi o‘ziga xos g‘oyalar yaratish yoqadi.
Aylanalardan farqli o‘laroq zigzaglar kelishuvlar, konsensuslarni
afzal ko‘rmaydilar, ular o‘z maqsadlariga yon bosishlar orqali emas, balki
g‘oyalar qarama-qarshiligini kuchaytirish va nizo o‘z еchimini topishi
mumkin bo‘lgan yangi konsepsiyalarni yaratish yo‘li bilan erishadilar.
Tabiatan aqlli hisoblangan Zigzaglar g‘oyat tili zahar bo‘lishlari ham
mumkin. Ular dunyoni doimiy o‘zgarishda ko‘rishni xohlaydilar. Shu
sababli ular uchun hamma bilan murosaga keluvchilar, o‘zgarmaydigan
qonun-qoida, ko‘rsatma kabi narsalardan ko‘ra zerikarliroq narsa yo‘q.
Zigzaglar bir tizimga solingan vaziyatda ishlay olmaydilar. Qat’iy
belgilab qo‘yilgan majburiyatlar va doimiy ish tartiblari, aniq vertikal va
gorizontal aloqalar ularning g‘ashiga tegadi. Ularga rang-baranglik va
faoliyatga undovchi yuqori darajadagi motivlar kerak. Shundagina
Zigzaglar jonlanadi va o‘zining bunyodkorlik, yangi g‘oya va ish
uslublarini yaratish vazifasiga kirishadi. Ular narsalarning hozirda va
o‘tmishda odatiy bo‘lgan yaratilish yo‘llaridan qoniqmaydilar.
Bu shaxslar kelajakka intiluvchi va ularni xaqiqiy voqelikdan ko‘ra
oldinda qanday imkoniyatlar mavjudligi ko‘proq qiziqtiradi. Boshqalarga
narsalar olami qanchalar real bo‘lsa, ular uchun g‘oyalar dunyosi
shunchalik haqiqiydir. Ular hayotining ko‘proq qismini mana shu
«g‘oyalar dunyosi»da o‘tkazadilar. Shu tufayli ularda ishga amaliy nuqtai
nazardan yondoshmaslik, hayotdan uzoqlik va soddalik kabi xususiyatlar
mavjuddir. Zigzaglar barcha shakllar ichida eng tez qo‘zg‘aluvchan, zavq-
shavqqa to‘liq kishilardir.
O‘zlarida yangi qiziqarli g‘oyalar tug‘ilganda ular butun dunyoga jar
solishga tayyor bo‘ladilar. Biroq ularga siyosatdonlik еtishmaydi, ular
48
tiyiqsiz, sharttaki va bu ularning o‘z g‘oyalarini amalga oshirishlariga
xalaqit beradi.
Bundan tashqari Zigzaglar aniq detallarni ishlab chiqishda no‘noqroq
(g‘oyalarni amalga oshirishda esa bu narsa muhim) va ishning yakuniga
еtkazishda ko‘pam tirishqoqlik ko‘rsatmaydilar, chunki o‘z yangiligini
yo‘qotganidan so‘ng g‘oyaga bo‘lgan qiziqish ham yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: |