46
Aylanalarda axborot o‘zlashtirish jarayoni uzuq-yuluq, ma’lumotlar
zanjirining alohida qismlari tashlab ketilgan holda kechadi, ammo bu narsa
ular mantiqdan yiroq kishilar degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Ular
hayotiy muammolarni hal qilishda rasmiyatchilikdan qochishadi, xolos.
Aylanalar tafakkuri shaklining asosiy xususiyati –
muammoning
sub’ektiv jihatlari (hissiyot, baholash va qadriyat)ga asoslanishdir. Ular
turli qarama-qarshi qarashlar orasida ham umumiylikni topishga intiladilar.
Aylanalarni tug‘ma psixologlar deb aytsa bo‘ladi, biroq jiddiy, ulkan
ishlarning boshida turishlari uchun ularda «to‘g‘ri chiziqli birodarlari»
(uchburchak va kvadrat)da bo‘lgan tashkilotchilik qobiliyati еtishmaydi.
Dostları ilə paylaş: