Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
 


51 
Natijalarni qayta ishlash 
Kalit bilan mos keladigan javob 1 ball bilan baholanadi. 
O‘z-o‘zini rivojlantirish motivi (savollar tartib raqami): 4, 5, 12, 16, 21, 
28, 31. 
O‘z shaxsining ahamiyati motivi:1, 6, 13, 17, 29, 33, 34. 
Ijtimoiy ko‘rsatmalar motivi: 2, 7, 9, 18, 24, 25, 35. 
Moddiy ehtiyojlarni qondirish motivi: 8, 10, 14, 19, 22, 26, 30. 
Muloqot motivi: 3, 11, 15, 20, 23, 27, 32. 
1. O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish (salomatlikni mustahkamlash, qaddi-
qomatni tuzatish, jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish). 
2. Shaxsning o‘z mavqeini o‘rnatishga intilishi (boshqalardan kam 
bo‘lmaslikni, mashhur sportchiga o‘xshashni, e’tirof etilishini xohlash, 
jamoa, shahar, davlat sha’nini himoya qilish, qarama-qarshi jins uchun 
jozibali bo‘lish). 
3. Ijtimoiy ustanovkalar (sport bilan shug‘ullanishning urf bo‘lganligi, 
oilaviy sport an’analarini davom ettirishga intilish, mehnatga va harbiy 
xizmatga tayyorlik). 
4. Moddiy ehtiyojlarning qondirilishi (moddiy manfaatdorlik). 
5. Muloqot qilishga intilish (do‘stlar bilan muloqot qilish, sport jamoasida 
muloqot qilishga intilish). 
 
O‘zini nazorat qilishning irodaviy xususiyatlari so‘rovnomasi
(L.G.Zverkov, Ye.V.Eydman) 
So‘rovnomaning maqsadi: Irodani boshqarishning individual 
rivojlanishi, o‘zining xatti-harakatlari, holatlari va istaklarini ongli 
ravishda boshqarish darajasini aniqlash. Mazkur so‘rovnoma 30 ta 
savoldan, irodaviy o‘zini boshqarish, qat’iyatlilik va dadillik shkalalardan 
iborat. Sinaluvchi uchun ikkita “ha” yoki “yo‘q” javob varianti taklif 
etiladi. Har bir punkt 7 ballik (-3 dan + 3 gacha) shkala bo‘yicha ijobiy 
yoki salbiy javoblar chegarasi darajasida belgilanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin