12
o‘yinlari va musobaqalar xarakterni qat’iyligi, jur’atliligi, tirishqoqligi va
qat’iy turishida zarurat tug‘ilganda namoyon bo‘ladi.
Bolalardagi jasorat va jur’atlilik tez-tez
emotsional momentlarni
asoslaydi va logik dalil-isbot kuchini namoyon qilmaydi, balki bolani
sezgi tezligini qamrab oluvchi kuchdir. Hattoki ayrim vaqtda o‘yin
usullarini trenirovkada, musobaqada, bajarishga qo‘rqadi, o‘yinni
emotsional holatida ta’sir qilishi ostida ko‘proq muvaffaqqiyatli bajaradi.
Shuning uchun o‘qituvchi yosh
sportchilarni tayyorlashda, o‘yin
harakatini tahlil qilishda ma’lum daqiqani sezgirlik bilan namoyon qilishi
kerak. Psixologik tayyorgarlikni ahamiyati qo‘yidagi uslublar bilan amalga
oshiriladi:
– qiyinchiliklarni еngib o‘tish bo‘yicha mashq uslubi;
– zarur bo‘lgan psixologik holatda sportchilarni to‘g‘rilash maqsadida
mashqqa to‘g‘irlash uslubi;
– ideomotor mashqini kelgusi harakat faoliyatini aniqlashtirish va fikran
o‘ziga qabul qilish, qayta ishlab chiqishga imkon beradigan usul;
– bo‘lajak faoliyatga tayyorlash va mashq yordamida zo‘riqishni
pasaytirish bilan imkon beradigan mashg‘ulotni boshqarish uslubi;
– bolalar bilan ishlashda irodaviy sifatni tarbiyalash bo‘yicha asosiy
tavsiyalar:
a) irodaviy zo‘r berishni namoyon qilish bo‘yicha vazifani tushunarli, aniq
qo‘yish shart, shug‘ullanuvchilarni imkoniyatlariga har doim mos kelishi
kerak.
b) topshirilgan vazifalarini o‘z vaqtida aniq bajarishga erishish;
v) mashg‘ulotda jismoniy yuklamani
bajarishga faol munosabatni
shakllantirish, musobaqada berilgan ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarishga
erishish;
g) dam olish va mehnat rejimiga rioya qilishga jismoniy va texnik-taktik
tayyorgarligidagi o‘zini kamchiliklarini bartaraf qilish ustida ishlashga
shug‘ullanuvchilarni majbur etish;
d) o‘yinda mo‘ljallangan ko‘rsatmani
tayyorlashda, belgilangan rejalarni
amalga oshirishda, shug‘ullanuvchilarda o‘zlarining kuchlariga ishonch
hosil qilishni yaratish yoki shakllantirish.
Binobarin, boksda psixologik tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Ringda muvaffaqqiyat qozonish uchun asosiy omil hisoblanadi. Boks
jismoniy kuch talab etuvchi Olimpiada o‘yinlarining sport turi sanaladi va
bokschi ringda nafaqat ko‘p energiya sarflaydi, balki raqib tomonidan ijro
etiladigan asab buzar harakatlar bokschini chalg‘itishi mumkin, shuning
uchun ham psixologik tayyorgarlikka ehtiyoj seziladi.