1. Sport psixologiyasining maqsad va vazifalari.
Sport psixologiyasi jismoniy mashq va musobaqalar sharoitida
sportchining psixologik faoliyati qonuniyatlarini, mexanizmini o‘rganadigan
fandir. Bu fan boshqa psixologiya sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Chunonchi, umumiy psixologiya, pedagogika, meditsina, ijtimoiy psixologiya
va jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar
olib boradi. Bu fan sportchilarning sportda yuqori natijalarga erishishlari
yo‘lida xizmat qiladi. Kishilarning sport faoliyati uning boshqa faoliyat
turlaridan farq qiladi. Sport faoliyatining asosini jismoniy madaniyat
mashg‘ulotlari va sport psixologiyasi fanining asosiy vazifasi sport
musobaqalarida psixologik bilimlarning rolini tahlil etish, sport
musobaqalariga sportchilarni tayyorlashning psixologik yo‘llarini, sportda
sportchidagi psixik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarning nazariy va amaliy
tomonlarini tahlil etishga o‘rgatish va tayyorlashdan iborat. Bu tayyorgarlik
jarayonni sportchilardagi maxsus jismoniy sifatlarni, ko‘nikmalarni,
qobiliyatlarni shakllantirish, bilimlarni o‘stirish, jismoniy va ruhiy
qiyinchiliklarni еngish kabilarga paydo bo‘ladigan jismoniy va ruhiy
tayyorgarlik uslublarini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek,
sport psixologiyasi fani sportchining o‘z jamoa a’zolari bilan to‘g‘ri o‘zaro
munosabatlarni o‘rnatish yo‘llarini ko‘rsatadi. Sportchining jismoniy,
psixologik, taktik, texnik tayyorgarligini ham o‘rganadi. Sport psixologiyasi
har bir sport turini (masalan, futbol psixologiyasi, voleybol, suzish
psixologiyasi) alohida o‘rganadi.
Sport psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi juda qiska bo‘lib, 60
yillarning oxiriga kelib rivojlana boshladi. Sobiq ittifoq davrida mazkur
fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari Rossiya olimlari
tomonidan yozilar va boshqa respublika olimlari o‘z ona tiliga tarjima qilib
o‘rganar edi. O‘zbekistonda hozirgi kunga kelib o‘zbek tilida sport
psixologiyasi fani bo‘yicha adabiyotlar, o‘quv qo‘llanma va ilmiy
izlanishlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Sport psixologiyasining paydo bo‘lishining birinchi bosqichida
jismoniy mashq bilan shug‘ullangan kishilarning ruhiy jarayoniga ta’siri
(aqliy, irodaviy) o‘rganilgan bo‘lsa, asta-sekin kishilarning boshqa
xususiyatlariga ta’sir etishi masalan, sport harakat malakalari, hissiy
irodaviylik sifatlari, startdan oldingi ruhiy holati, malakalarining
aftomatlashish shakllari kabilar ham o‘rganila boshlandi. Ikkinchi
bosqichda sport psixologiyasi fan sifatida pedagogik jarayonlarida
qo‘llanila boshladi. Sportchilarning bilish jarayonlari psixologiyasini
6
shakllantirdi: sportchilarning irodaviy sifatlarini tarbiyalash, musoboqaga
psixologik jihatdan tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqdi. Natijada
sport psixodiagnostika sohalari paydo bo‘ldi. Bu bosqichda ko‘plab
dissertatsiya ishlari bajarildi. Sportchilarni umumiy psixologik tayyorlash
masalalari ishlab chiqildi. Sportchilarning texnik, jismoniy ruhiy va taktik
tayyorgarligini, sportchi shaxsini tayyorlash, sportchilar jamoasini
takomillashtirish masalalarini hal qilishga erishildi.
Hozirgi kunda sport psixologiyasi sporchilarning amaliy faoliyati
qirralarini yangi shakl, vosita va uslublar vositasida o‘rganuvchi fan sifatida
sportchilarni ilmiy asosda boshqarish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish,
sportchilarga yangi nazariy bilimlar berish, ularning sportchi shaxsiy
muammolarini еchish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan fan sohasiga aylandi.
Sport psixologiyasi fani sportning barcha turlarini qamrab oladi. Bu
fan sport musobaqasi davrida sportchilarga namoyon bo‘ladigan jismoniy
va psixologik mahoratni yanada shakllantirish, tarbiyalash qonuniyatlarini
o‘rganadi hamda sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uslublarini
ishlab chiqaradi. Sport psixologiyasi sportda paydo bo‘ladigan muammoli
vazifalarni to‘g‘ri hal etish uchun quyidagilarni maqsad qilib qo‘yadi.
I. Sport faoliyatining sportchilar ruhiyatiga ta’sirini o‘rganish:
a) sport musobaqasi jarayonini psixologik jihatdan tahlil qilish (sport
turlarini alohida va umumiy tahlil qilish);
b) sport mashg‘uloti va musobaqasining sportchi xarakteriga ta’sirini
o‘rganish;
v) sporchilarning axloqiy va irodaviy sifatlarini o‘rganish;
g) sportchi faoliyatining shart-sharoitlarini psixologik tahlil qilish;
d) sportchilarning o‘zaro munosabatlarini va tashkilotchilik qobiliyatlarini
jamoada tajriba yordamida shakllantirish.
II. Sport mashg‘ulotini sifatli tashkil kilish maqsadida maxsus psixologik
ko‘rsatmalar berish:
a) sport mashg‘uloti jarayonini sifatli tashkil qilish uchun sport anjomlari
bilan ta’minlash;
b) sportchi organizmining yukori darajada ishchanligini ma’rifiy faolligini
o‘stirish yo‘llarini topish;
v) sportning alohida turlari uchun yangi psixologik usullardan foydalanish.
Masalan, psixodiagnostika uslublari yordamida sportchining ijtimoiy
va moddiy sharoiti, muhit, bilish jarayonlari psixologiyasi, sport
qobiliyatlari o‘rganiladi.
III. Sportchining oldingi holatdagi psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
Sportchi yil davomida musobaqaga yuqori darajada tayyorgarlik ishlari
7
olib borsa, yillik yuklama mashg‘ulotlarini ilmiy asosda rejalashtirsa, bu
musobaqada faol ishtirok qiladi va yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga
muvaffaq bo‘ladi.
Sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatini quyidagi
psixologik jihatlariga alohida e’tibor berish kerak:
a) yuqori darajada ishchanlilikni vujudga keltirish, musobaqaga
chidamlilikni o‘stirish uslublaridan foydalanish;
b) sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy
holatini o‘rganish;
v) noqulay ruhiy holatdan chiqib ketish yo‘llarini izlab topish;
g) sportchilarning psixologik tayyorgarlik va chiniqish uslublaridan
foydalanish.
IV. Sport faoliyatini insonparvarlashtirish maqsadida psixologik
muhit va shart-sharoitlarini vujudga keltirish. Agar sport faoliyati
insonparvarlashtirilsa, sportchilar orasida tan jarohati olish kamayadi,
ruhiy toliqish, zo‘riqish va har xil kasalliklarga chalinishning oldi olinadi
hamda sportchilarning garmonik rivojlanishi uchun yordam beradi. Bu
masalalarni to‘g‘ri hal qilishda sportchilar hayotida ozodalik va gigienik
ishlarni tashkil qilish yaxshi natijalar beradi. Sport faoliyatini
insonparvarlashtirish masalalarini ijobiy va to‘g‘ri hal qilish uchun sport
psixologiyasi quyidagi vositalardan foydalanishni tavsiya qiladi:
a) sport faoliyatining ichki tomonlarini va sport jamoasi sportchilarining
o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‘rganish;
b) sport faoliyati motivlarining tuzilish konuniyatlarini o‘rganish;
v) sportchi faoliyati ruhiy holatning individual psixologik
xususiyatlarini o‘rganish.
V. Sport jamoasidagi o‘zaro ijtimoiy-psixologik munosabatlar jarayonini,
sport guruhlarini boshqarishni va guruh sportchilarini boshqaruvchilik
qobiliyatlarini shakllantirish:
a) sport jamoasi va guruhlardagi ichki mexanizmlarining qonuniyatlarini
o‘rganish (his etish, milliy mafkura, qadriyatlar), boshqarish
uslubiyatlarini ishlab chiqish;
b) sport jamoalardagi liderlik masalalari va ularning o‘zaro
munosabatlarini o‘rganish;
v) sportchining xulq-atvorini, qiziqishlarini va ijtimoiy psixologik
motivlarini o‘rganish;
g) sport musobaqalarida sportchining muvaffaqiyatli qatnashishida
murabbiy va boshqa sportchi shaxslarning ta’sirini o‘rganish.
8
VI. Sport faoliyatining g‘oyaviyligi. Sportchi birorta jamoaning a’zosi
hisoblanadi, sportchi jahon birinchiligi va olimpiada o‘yinlarida o‘z davlati
fuqarosi sifatida qatnashadi. Shuning uchun sportchi g‘oyaviy, ma’naviy
va axloqiy jihatidan yaxshi tarbiyalangan bo‘lishi lozim:
a) sportchi xarakterining barqaror sifatlarini tarbiyalash;
b) sportchining jismoniy va psixologik jihatidan tayyorlash tarbiyasini
yaxshi yo‘lga qo‘yish vazifalarini to‘g‘ri hal etish;
v) O‘zbekiston sportchilarining jahon va olimpiada musobaqalarida faol
ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish.
Sportchi sport faoliyatida ob’ekt va sub’ekt sifatida qatnashadi.
Masalan, jamoada, trenir, rahbar, vrach va boshqa tarbiya bergan
kishilarga nisbatan sportchi ob’ekt hisoblanadi, ammo sportchining o‘ziga-
o‘zi ongli munosabatda bo‘lishi sub’ekt vazifasini bajaradi. Bularning
barchasi sportchining sportdagi mahoratini takomillashtirish imkonini
beradi. Sport faoliyati ikki guruhdan tashkil topgan bo‘ladi.
1. Sport mashqlari.
2. Sport musobaqalari. Musobaqa sport faoliyatining asosiy tomonini
tashkil qiladi.
VII. Sport faoliyatining motivlari. Motiv psixologik tushuncha
bo‘lib, insonning ichki sifatlarini aniq bir faoliyat turiga nisbatan
uyg‘onishidir.
Motivlar turlicha bo‘ladi:
1. Sport musobaqalarining faoliyat motivlari;
2. Axloqiylik intizomlilik motivlari;
3. Ishontirish motivlari;
4. Sportchining raqibiga munosabat motivlari;
5. Trener va tomoshabinlarga bo‘lgan motivlar;
6. Musobaqalashish motivlari;
7. Tozalik motivlari;
8. Maqtash, rag‘batlantirish motivlari kabilar.
Masalan, inson nimalarni xohlaydi, nimalarga qodir, nimalarga
intiladi, qanday kishi, nima uchun bu ishni bajaradi, o‘quvchi nima uchun
sport bilan shug‘ullanadi. Motivlarning faolligi, yo‘nalishi sportchining
to‘siqlarni еngib o‘tishida namoyon bo‘ladi. Bu faqat sportchining
irodaviy faolligi yordamida bajariladi.
Hozirgi davrda sport psixologiyasi fani sportchilar va murabbiylarga
yordam beradigan fanlar qatoridan mustahkam o‘rin oldi.
I- asrning oxirlarida Amerikada trenerlar tayyorlash maktablari
ochildi, jismoniy madaniyat darslari fakultativ tarzda tashkil etildi,
9
biomexanika va harakat fiziologiyasi fanlari bo‘yicha maxsus kurslar
o‘tildi. Jahon miqyosida sport bo‘yicha yangi axborotlarining paydo
bo‘lishi natijasida, sport psixologiyasi fani tez rivojlandi: darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari, ilmiy kitoblar, ingliz, rus tillarida chiqarila boshlanishi
natijasida sport sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borila boshlandi.
So‘nggi yillarda sport psixologiyasi mutaxassislari sportning barcha
turlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar. Sport mashg‘uloti va
musobaqasidan tashqari, sport musobaqasi davrida tomoshabinlarning,
sportchilar qarindosh-urug‘lari va do‘stlarining sportchi ruhiyatiga ta’siri
o‘rganila boshlandi. Sport faoliyatida trenirning asosiy maqsadi qanday
bo‘lsada, shogirdining g‘alaba qilishiga harakat qiladi. Sport psixologiyasi
fanining muhim vazifalaridan biri murabbiylarni tayyorlash bilan birga
sportchilarni sport faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlashdan iboratdir.
Trener o‘zining pedagogik faoliyatida, ijtimoiy fanlarni yaxshi bilsa,
sportchilar bilan ishlashda ijobiy natijalarga erishadi. Agar trener ijtimoiy
fanlarni va sport psixologiyasi fanini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa, sport
jarayonida ilmiy tajribalar bilan o‘tkazish bilan shug‘ullansa, test orqali
ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni topishga erishadi. Trener sportchilarga
klinik yordam berishni o‘rgatsa, sportchilarning xis-tuyg‘ulari bo‘yicha
suhbatlar o‘tkazilib, sport jarayoni trener tomonidan to‘g‘ri tahlil qilinsa,
sportchilar haqida qo‘proq ma’lumot to‘plashga muvaffaq bo‘ladi va sport
jarayonida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Jamoada sport psixologiyasining asosiy vazifasi: sportchilarning
musobaqadan oldin va musobaqa jarayoniga paydo bo‘layotgan
emotsional bezovtalanishi, tashvishlanishi to‘g‘risida suhbatlar olib borish,
sportchilarga maslahat berish. Sportchining vahimaga berilmasdan
musobaqada g‘alaba qilish yo‘l-so‘riqlarini berish. Masalan, sportning
quroldan va kamondan nishonga otish turlarida kuchli hayajonlanish
kuzatiladi. Musobaqa qancha ko‘p uzoq davom etsa, sportchidagi
hayajonlanish ortib boraveradi. Sport turlarining xarakterli tomoni shundan
iboratki,
raqibning
yuqori
ko‘rsatkichlari
ham
sportchidagi
hayajonlanishni pasaytirmaydi, sportchining o‘z natijalarini boshqa bir
sportchi g‘alabasiga taqqoslashi uchun hissiyotni, hayajonlanishni oshirib
yuboradi. Sportning figurali uchish va badiiy gimnastika turlari har bir
harakat sportchilarda ham jonli va artistik qobiliyatda bajarishni talab
qiladi. Bu sportchilarda sportchi musobaqaga yaxshi tayyorlangan bo‘lsa,
katta kuchlanish orqali bajariladigan har bir harakat aniq holda ifodali
bajariladi,
sportchining
ruhiy
hayajonlanish
darajasi
harakat
boshlanishidan tamom bo‘lguniga qadar undagi emotsional to‘lqinlanish
10
bilan bir xil kechadi. harakatni kuch bilan bajaradigan og‘ir atletika, yadro
va diska uloqtirishda sportchidan chidamlilik talab qilinadi. Sportchining
qanday kuch bilan emotsional va reaksiya qilishiga qarab, undagi ayni bir
xil kuch bilan ta’sir qiluvchi taassurotlar va ichki taassurotlar haqida
xulosa chiqaramiz. Bu xususiyatlarning yorqin namoyon bo‘lishi
emotsional va ta’sirlanuvchanlikni oshiradi. Biz sportchining sport
faoliyati jarayonida qanday faol darajali tashqi olamga, jumladan,
tomoshabinlarga, raqibiga, aqliy faoliyat turlariga, qiziqishlariga, sport
musobaqasi davrida maqsadni amalga oshirishda tashqi hamda ichki
qarshiliklarni qanday faollik bilan еngishiga qarab xulosa chiqaramiz. Biz
bu haqida xulosa chiqarishda sportchining faoliyati ko‘p jihatdan nimaga
bog‘liqligi, ya’ni tasodifiy hodisalar, maqsadlar, niyatlar, intilishlar yoki
uning kayfiyatiga qarab ish olib borishimiz taqazo etiladi.
Sportchi xarakterining silliqligi va unga qarama-qarshi sifat bo‘lgan
qotib qolganlik (dogma) yoki xarakterining o‘zgaruvchanligi, tashqi
taassurotlarga qanchalik еngillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishi kabi
jihatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir sportchi hal qiluvchi
daqiqalarda barcha kuchlarini mahorat bilan safarbar qila biladi: ikkinchisi
dadil, uchinchisi g‘alabaga chanqoq, to‘rtinchisi vazmin, beshinchisi
qat’iyatli, oltinchisi yumshoq, biri jozibali, boshqasi ochiq va kuchli bo‘ladi.
Shunga qaramay, har bir faoliyat turi psixik jarayonlar dinamikasiga ma’lum
talablarni qo‘yadi. Sport jamoasidagi intizom sportchidan o‘z hissiyotlarini
va xohishlarini ushlab qola bilishni talab qiladi. Biz sportning individual
uslubi deganda, mazkur sportchi uchun xarakterli bo‘lgan va muvaffaqiyatli
natijaga erishishda maqsadning muvofiq bo‘lgan harakatlar usuli va yo‘lining
individual xususiyatini tushunamiz.
Individual uslubning tarkib topish shartlaridan biri sportchi
xarakterining xususiyatlarini hisobga olishdir. Sportchi o‘z xarakteriga
ko‘p jihatdan mos keladigan harakatni bajarish usullari va yo‘llarini
tanlaydi. Xarakterga eng mos keladigan harakat usullari va yo‘llariga
xarakterga sabab bo‘lgan, ko‘pincha ixtiyorsiz va behuda javob berish
formulalariga hamda harakat xususiyatlariga bog‘liq. Masalan,
muvozanatsiz xolerik taqiqlangan harakatni ushlab qolish uchun
sangvinikka qaraganda ancha ko‘p marta mutlaqo beixtiyor va behuda
qarama-qarshi harakatlarni bajaradi. Bunday ixtiyorsiz va behuda reaksiya
shakllarining yig‘indisidan individual uslubni xarakterlaydigan to‘la ongli
qo‘llanadigan rejali va maqsadga muvofiq qaratilgan usullar va harakatlar
sistemasi tarkib topgan.
|