14
– bokschini musobaqalardagi kutilmagan vaziyatlarni еngib o‘tishga
o‘rgating va buning uchun “agar...vaziyat sodir bo‘lsa” degan taktika
bilan mashg‘ulot olib boring;
– agar bokschiga omma haqoratli tovush bilan qichqirishni boshlasa
o‘zini yuqotmaslik, o‘zini qo‘lga ola bilish;
– agar bo‘lajak jangda bokschiga kuchli raqib duch kelsa,
raqibni har
tomonlama o‘rganish va shunga qarshi usullarni ishlab chiqish;
– musobaqadan so‘ng psixologik holatni tiklash mashg‘ulotini tashkil
eting masalan autogen mashqlari;
– faol xordiq (uyqu, tabiat);
– spa, sauna, massaj;
– qisqa muddatli dam olish kunlari.
Bolalar bilan albatta o‘tkazilgan mashg‘ulot, musobaqa natijalari
muhokama qilinishi kerak. Bolalarni dam olishida yoki ertasi kuni barcha
ruhiy kechinmalarga ishonib, bolalar o‘zlarini
xatti-harakatlarini baholay
olishi, kamchiliklarni tan olish imkon bo‘lganda aniq, to‘g‘ri
ko‘rsatmalarga tayanish lozim. Muhokamada, albatta, barcha sportchilar
qatnashishlari zarur. Muhokama vaqtida yo‘q bo‘lganlar nomiga umuman
kamchiliklar aytish tavsiya etilmaydi. Muhokama vaqtida murabbiy juda
ehtiyotkorlik bilan har bir holatni, sportchini shaxsiga
tegmasdan tahlil
etilsa, kelgusida ushbu sportchilarni irodasi, psixologik holati
mustahkamlanadi.
Sportchining musobaqada g‘olib bo‘lishi uchun kurashida
uchraydigan qiyinchiliklar va har qanday irodaviy
harakatlarni amalga
oshirishda ular turlicha qarshiliklarga uchraydilar, ya’ni:
1. Ichki qarshiliklar (sportchining o‘ziga xos bo‘lgan qarshiliklari).
2. Tashqi qarshiliklar (ob-havoning noqulay kelishi, raqibning noqulay
bo‘lishiga va hokazo).
Yuqoridagi qiyinchiliklarni еngish uchun kurashda odamlar ham
kuchli irodali va irodasi kuchsiz odamlarga bo‘linadi.
Inson irodasi bir
qancha sifatlarga ega.
Masalan, irodaning ijobiy sifatlari qat’iyatlilik, dadillik, mustaqillik,
prinsipiallik va o‘zini tuta bilish kabilardan iborat. Irodaning salbiy
sifatlari esa qat’iyatsizlik, ikkilanishlik, mustaqilsizlik, o‘zini tuta
olmaslik kabilardan iborat.
Ruhiy zo‘riqish sharoitida bo‘lgan sportchi holatini optimal (maqbul)
holatga keltirishning bir necha usullari ishlab chiqilgan, bular:
15
1. Ruhiy boshqarish mashqlari.
3. Jismoniy mashqlar.
4. Nafasni boshqarish mashqlari .
5. Munosabatlarni boshqarish.
6. «Irodaviy gimnastika».
7. Uyquni boshqara olishlik. Katta musobaqalar oldidan ayrim sportchilar
bir necha kun yaxshi uxlay olmasligi mumkin. Bu esa uning sport
natijalariga salbiy ta’sir etadi.
8. Farmakologik usullar.
9. Autogen mashqlar orqali sportchilarni ruhiy zo‘riqishlarini
bartaraf
etish va psikorreksiyalash mumkin.
Sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonlarida, musobaqalar oldi va
musobaqalardan so‘ng o‘zini-o‘zi ishontirish mashg‘ulotlari ya’ni autogen
mashqlarini o‘tkazish lozim. Bu o‘tkaziladigan mashqlar sportchilarni
o‘ziga bo‘lgan ishonchini his qilish, psixomotor, sensomator harakatlarini
tahlil qilish orqali jismoniy sifatlari, texnik-taktik jihatlarini raqibdan ustun
yoki kamchiliklarini taqqoslash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: