76
kiradi. Bu mashq ma’lumot oxirgi ishtirokchiga еtib borganda yakunlanadi.
Boshlovchi ba’zan mashq tugashining shartlarini oldindan aytib qo‘yadi.
Masalan, agar guruh ishtirokchilaridan birortasi gapirib yuborsa, bunday
sharoitda mashq to‘xtatiladi. Boshlovchi tanlashi mumkin bo‘lgan
yo‘llardan
yana biri, mashqni oldindan aytib berishdir. Bunda boshlovchi
vaqtni kuzatib boradi va uning tugashini guruhga ma’lum qiladi. Lekin
ko‘pincha mashqni o‘tkazishning chegarasini oldindan aniqlab bo‘lmaydi,
bunda asosiy e’tibor guruh a’zolari o‘zlarini
qanday sezishi, ularning bu
ishga qo‘shilganligi va qiziqqanlik darajasini hisobga olishga qaratiladi.
Umumiy qoida shunday: mashqdan qoniqish yuqori darajaga еtganda,
uni yakunlash kerak. Diagnostikani amalga oshirish va guruh
ishtirokchilarining holatidagi o‘zgarishlarni
diqqat bilan kuzatayotgan
boshlovchi ana shunday daqiqani payqab olishi kerak. Bu daqiqa shundan
iboratki, bir tomondan mashq maqsadi uchun va uning muhokamasi uchun
еtarli materiallar yig‘iladi, boshqa tomondan esa guruhning ko‘pgina
ishtirokchilari mashqni bajarishni davom ettirish niyatida bo‘lib va uni
tugatishga roziligini izhor etadilar.
Umumiy qoida shunday: mashq qanchalik ko‘p va mazmunli axborot
olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning muhokamasiga ham shuncha ko‘p vaqt
sarflanadi.
Agar mashqlarning maqsadi guruh a’zolari holatidagi o‘zgarishlarni
bilishga qaratilgan bo‘lsa, unda muhokamada "Siz o‘zingizni qanday his
qilyapsiz?", "Hozir kayfiyatingiz qanday?" kabi qisqa savollar beriladi.
Ba’zan bir xildagi "yaxshi", "tetikman", "normada"
kabi javoblar
bilan chegaralaniladi. Ba’zi hollarda ishtirokchilarning aniq bir holatini
ko‘rgan boshlovchi o‘zi ham ularga gap qotadi: "Siz hushvaqtsiz endi
keyingi murakkab ishlarga ham o‘tish mumkin", "Men ko‘ryapmanki
hamma
tabassum qilyapti, menimcha kayfiyatlar yaxshi, ishni davom
ettirish mumkin" va h.k.
Boshlovchi mashq jarayonida quyidagilarni
ham kuzatib borishi
lozim: ishtirokchilarda qiyinchilik tug‘ilyaptimi (agar qiyinchiliklar bo‘lsa,
u qanday mazmunga ega), ishtirokchilarning holati qanday o‘zgaryapti,
ular nimaga erishyapti va nimaga erisholmayapti. Bunday kuzatishlar esa
mashqlar tugagandan keyingi beriladigan savollar xarakterini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: