e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash
Guruhlarda birgalikda o‘tkaziladigan o‘yinlar Guruhlarda birgalikda o‘tkaziladigan o‘yinlarda g‘olib va mag‘lublar
bo‘lmasligi va hech kim o‘zini yakkalanib qolganday xis qilmasligi kerak.
O‘yin bu — vaqtixushlik qilishdir va u o‘yin ishtirokchilarida umumiylik,
mushtaraklik hissini vujudga keltiradi. O‘yinlar bolalarda ham, kattalarda
ham boshqalarga ishonch, diqqatni jamlash, kirishimlilik va o‘zaro
muloqot kabilarga ko‘nikma, malakalar hosil qiladi. Shu tarzda o‘yinlar
ishtirokchilarning nafaqat aqliy jihatdan, balki umuman sportchi shaxsi
sifatida rivojlanishiga ham katta yordam beradi. Shuningdek, uzoq davom
etgan zo‘riqtiruvchi mashg‘ulotlar yoki noxush hayotiy vaziyatlardan so‘ng
o‘zini tiklab olishiga yordam beradi. Guruhdagi barcha ishtirokchilar ham
o‘yinda ishtirok etishni istayvermaydilar va ularni majburlash shart emas.
Agar ular bitta o‘yinda qatnashsalar, o‘z-o‘zidan keyingi o‘yinlarda ham
ishtirok etishni xohlab qoladilar. Trener har doim еlib-yugurib ishtirok
etishi shart. Bu esa guruhda xush kayfiyat, do‘stlik muhitini yaratishga
yordam beradi.
Rolli o‘yinlar Rolli o‘yinlarni o‘tkazish va ularning qoidalari. Rolli
o‘yinlar
hayotiy
vaziyatlar
va
munosabatlar
modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o‘yinlardir. Ular sportchi
shaxslararo munosabatlar xarakterini anglash, bu munosabatlarni
yaxshilash ishida qo‘l keladi. Trening xulq-atvorning yaxshi va yomon
jihatlari yaxshiroq anglanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita
muloqot jarayonida yangi xulq-atvor ko‘rinishlari shakllantiriladi.
80
Rolli o‘yinlarda xulosa chiqarish, tajriba to‘plash, uni anglash va kundalik
hayotga tadbiq etish muhimdir.