Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


O‘yin - guruh bilan ishlash vositasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
O‘yin - guruh bilan ishlash vositasi 
Trenerning emotsional ta’sir qilishi. O‘yinning jadalligi va sur’ati. 
O‘yinlar bizning hayotimizda juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
"O‘yin" atamasi ko‘pchilik tillarda hazil, kulgu, еngillik, huzur-halovat 


77 
kabi tushunchalarga mos keladi va ijobiy hissiyotlar bilan bog‘liq 
munosabatlarni anglatadi. 
Trening jarayonida o‘tkazilgan har qanday o‘yin o‘zida ikki xil 
mazmunni aks ettiradi: birinchisi, o‘yinda qatnashuvchilar uchun ma’lum 
bo‘lgan dam olish, ko‘ngil ochish, hordiq chiqarish, kayfiyatni ko‘tarish 
bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi, treningni olib boruvchi (boshlovchi) uchungina 
ma’lum bo‘lib, bunda guruh bilan ishlash jarayonida trener o‘z oldiga 
qo‘ygan muayyan vazifalarni amalga oshirishi ko‘zda tutiladi. Shu tariqa 
o‘yin faqat ko‘ngilxushlik emas, balki guruh yoki biror bir ishtirokchining 
xulq atvorini boshqarish, o‘zgartirish, shuningdek boshlovchi uchun zarur 
yo‘nalishda harakatlanish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan 
tashqari, o‘yin guruh a’zolarini bir-biri bilan tanishtirish, jipslashtirish, 
faoliyatga moslashtirish, muammoni hal qilishga tayyorlash kabi 
ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalarini ham bajaradi.
O‘yinni o‘tkazishda albatta umumiy qoidalarni hisobga olish va 
ularga amal qilish lozim. 
Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati 
Trener o‘zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali 
ishtirokchilarni o‘yinni boshlashga qiziqtirishi lozim. O‘yinni boshlash 
uchun qilingan taklif jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchilarni 
harakatga keltirishi kerak. Guruhdan o‘yinni boshlashga bo‘lgan xohishini 
so‘rash tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik ishtirokchilar uchun bu 
noodatiy hol bo‘lib, ular o‘yinga qatnashishdan bosh tortishi mumkin. 
Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyati (ya’ni "xohlasang qatnash, 
xohlamasang o‘ynamasliging mumkin" kabi) vaziyatida qoldirmaslik 
kerak, "albatta o‘ynaymiz" degan qaror — yagona qaror bo‘lishi kerak! 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin