74
Mashq usuli — zarur malaka va ko‘nikma hosil qilish hamda ularni
mustahkamlash
uchun nazariy, amaliy bilimlarni ongli ravishda, ko‘p
martalab takrorlashdan iborat.
Bu usulning vazifasi — olingan bilimlardan ko‘nikma va malakalarga
o‘tishdir.
Shuningdek, mashqlar trening davomida olingan ma’lumotlarni
ishtirokchilar qanday o‘zlashtirayotganligini ham ko‘rsatadi. Trenerdan
talab
qilinadigan xususiyatlar, ya’ni mashqni tanlashda trener nimalarni
hisobga olishi zarurligi haqida gap ketganda quyidagilarni ta’kidlab
ko‘rsatish joiz.
Trener birinchi navbatda mashqni o‘tkazish natijasida
guruhda
qanday holat vujudga kelishini hisobga olishi lozim. Bunda asosan 2 xil
holat kuzatiladi:
a)
butun guruhning holati o‘zgaradi.
b)
guruhdagi har bir ishtirokchining holati o‘zgaradl.
Ikkinchi navbatda trener guruh taraqqiyotning
qaysi bosqichida
turganligini hisobga olishi kerak. Buni bilishning zaruriyati shundaki,
guruh ishtirokchilari qanchalik jipslashgan bo‘lsa, o‘zini erkin sezsa,
o‘tkazilayotgan mashqlar tahlikasiz o‘tadi. Ayniqsa guruh a’zolarining tana
kontaktlariga oid bo‘lgan va ko‘zni yumib bajariladigan mashqlarga e’tibor
qaratish kerak, chunki bunday mashqlarning bevaqt o‘tkazilishi guruhda
zo‘riqish yoki norozilik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Trener hisobga olishi zarur bo‘lgan uchinchi holat kun vaqtini
hisobga olishdir, kun boshlanishida
guruhda ishchanlik, ahillik, o‘zaro
ishonch muhitini yaratuvchi mashqlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bu — guruhning ayni paytdagi ishga taalluqli bo‘lmagan tashvish va
muammolarini unutishga olib keladi, guruh a’zolari "hozir va shu еrda"
degan sharoitni sezishadi. Bundan tashqari, butun diqqat-e’tiborini va aqliy
faoliyatini safarbar etishiga imkon tug‘iladi. Kunning ikkinchi yarmida esa
charchoqni
tarqatadigan, hayajonli his-tuyg‘ularni yumshatishga olib
keladigan mashqlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.
"Tushgacha ochlikka qarshi, tushdan so‘ng
uyquga qarshi kurashish
kerak" — bu har qanday trenerning shiori bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: