Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Ishchanlik muhitini yaratish bo‘yicha o‘yinlar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Ishchanlik muhitini yaratish bo‘yicha o‘yinlar 
Bu xildagi o‘yinlar guruh ishtirokchilariga ma’lum bir muhitda o‘zini 
qulay his qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Bu 
o‘yinlarda ishtirokchilar bino (xona, maydoncha) bo‘ylab yurishlari, hatto 
yugurishlari, sakrashlari mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad — ularga 
o‘yin o‘tkazilayotgan joyning har bir burchagida o‘zini dadil, ishonchli 
sezishi uchun sharoit yaratib berishdir. Ayni holatda "Anakonda" o‘yinini 
o‘tkazish tavsiya etiladi. 
"Kuzatish va eshitish" o‘yinlari 
Bu xil o‘yinlar ishtirokchilardan boshqa ishtirokchilarning ko‘rinishi, 
ularning nimalarni gapirayotgani, nimani his qilayotganligiga (masalan, 
qaerda yashashi, qachon tug‘ilganligi kabilarga) e’tibor berish talab 
qilinadi. Ya’ni, bu o‘yinlarning qatnashchilari norasmiy sharoitda, 
norasmiy holatda bir-birlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
"Ishonchga asoslangan" o‘yinlar 
Bunday o‘yinlarning asosiy maqsadi ularning nomlanishidayoq 
namoyon bo‘ladi. Ular yordamida guruhda o‘zaro ishonchli 
munosabatlarni shakllantirish mumkin. Bu o‘yinlarni guruh bilan ish 
boshlagan dastlabki paytda emas, balki boshlovchi va guruh a’zolarida 
guruhga nisbatan qandaydir ishonch hissi paydo bo‘lishi uchun keyinroq 
o‘tkazish ma’qulroq. Bu o‘yinlarda guruh ishtirokchilari o‘rtasida taktil 
aloqalar bo‘lishi natijasida ular orasida o‘zaro ishonch, ahillik paydo 


83 
bo‘ladi. 
Shuningdek, 
bunday 
o‘yinlarni 
o‘tkazish. 
jarayonida 
ishtirokchilarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro mas’uliyat bilan 
munosabatda bo‘lishi ham namoyon bo‘ladi. 
 
Guruhning kayfiyatini ko‘taruvchi o‘yinlar 
Bu tipdagi o‘yinlarga quvnoq, kayfiyatni ko‘tarishga asoslangan 
hazil-o‘yinlar kiradi. Shuningdek, ularga guruh a’zolari bir-birlariga 
minnatdorchilik bildiradigan, iliq so‘zlar aytadigan, tilaklar, komplimentlar 
ijobiy psixologik muhit yaratadigan va kayfiyatni ko‘taradigan o‘yinlarni 
misol qilib keltirish mumkin. Bu o‘yinlarni uchrashuvning samarali 
tugashini ta’minlash uchun mashg‘ulotning oxirida o‘tkazish tavsiya 
etiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin