Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

”Trener” so‘zi – ingliz tilidan olingan bo‘lib, trainer – mashq
qildiruvchi, o‘rgatuvchi ma’nolarini anglatadi. Trener bu – trening
guruhini tashkil etuvchi va guruh bilan ishlaydigan shaxs hisoblanadi. 
Uning asosiy maqsadi , insonlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlarning
bo‘lishiga erishishdir. Guruh bilan ishlashda trenerning ish tajribasi , 
mahorati trening samarasini ta’minlaydi. Trening mashg‘ulotlari samarali 
o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har tomonlama 
rivojlangan, rejalashtirish, tashkillashtirish, muloqat tajribasiga, tinglash 
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Trener trening qatnashchilaridan kam 
bilimga ega bo‘lmasligi kerak. 
Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilishga, qatnashchilarning 
savollariga javob berish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Trening qisqa 
muddatda o‘tkazilishiga qaramasdan, trenerdan jiddiy tayyorgarlikni talab 
etadi. Trener qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida 
olimlarning bir qator fikrlari mavjud . Ko‘pgina adabiyotlarda malakali
trener ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlarga quyidagilarni kiritishgan: 
– har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
– malakali kasbiy tayyorgarlikka ega; 
– guruhda terapevtik iqlimni yarata oluvchi; 
– (kritik) muammoli vaziyatlarga aralasha oluvchi va ulardan
chiqa oluvchi; 
– muammo еchimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lishi
lozim; 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga 
olish kerakki, guruhni boshqarayotgan trener shaxslar bilan
ishlaydi , har bir shaxs esa o‘ziga xos individuallikka egadir. Shu
bilan birga har bir shaxs o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham ega. 
Tabiiyki ular bir-biridan , hamda trener qadriyatlaridan farq qiladi. 


85 
Bu еrda trener amal qilishi lozim bo‘lgan bir qator qoidalar
ko‘rinadi: 
1. Guruhning har bir a’zosiga yordam berish zarur; 
2. Har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga
mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashish zarur; 
3. Trener ishtirokchilarga “bosim” o‘tkazmasligi lozim; 
4. Trener ishtirokchilarni ajrata bilishi lozim; (Agar trener u yoki bu 
shaxsga samarali yordam bera olishiga ishonmasa, unday
ishtirokchidan voz kecha olishi lozim).

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin