Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
 
 
 
Trener va unga qo‘yiladigan talablar 
Trenerning mashg‘ulotni qanday olib borishi, ya’ni trenerlik 
mahoratidan tashqari uning o‘zi ham ishtirokchilarga juda katta ta’sir 
ko‘rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi: 
1. Trenerning kiyinishi (imidji). 
2. Trenerning xatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari. 
 
 
Kiyim tanlash muammosi 
Trenerning kiyinishi guruhda u haqdagi dastlabki tasavvurning ijobiy 
yoki salbiy bo‘lishiga, guruh uni qabul qilishi yoki qabul qilmasligiga olib 
kelishi mumkinki, bu holat trening jarayoniga ham o‘z ta’sirini albatta 
ko‘rsatishi tabiiy.
Imidj – bu atrofdagilar sizni qanday qabul qilishi, qanday ko‘ra 
olishidir. Shu o‘rinda bir misol keltirib o‘tamizki, trenerning kiyinishi 
qanchalik muhim ekanligini bu misoldan keyin osongina tushunib olish 
mumkin. 
Faraz qiling o‘qigan ikki kishi qanaqadir firma yoki davlat 
muassasasiga ishga izlab bordi. Ularning biri – kostyum-shimda, oq 
ko‘ylak, galstuk, qo‘lida portfel bilan kelsa, ikkinchisi egnida futbolka, 
oyog‘ida krassovka, orqasiga ryukzak osib olgan bo‘lsa, albatta, birinchi 
odam kishida haqiqiy mutaxassis taassurotini beradi, vaholanki, u tajriba 
yuzasidan, ma’lumot yuzasidan ikkinchi odamdan ko‘ra pastroq bo‘lishi 
mumkin. Lekin ularning kiyinishi, tashqi ko‘rinishi, imidji kishida 
qarama-qarshi tasavvurlarni uyg‘otadi. Shundan kelib chiqqan holda 
trenerning kiyinishi ham o‘ziga xos va vaziyatga mos bo‘lishi talab etiladi. 
Avvalo trening qanaqa guruh uchun mo‘ljallanganligini e’tiborga 
olish zarur. Lekin imkon darajasida treningga ishchi formada kelish lozim. 
Bu kiyim avvalo mintalitet xususiyatlariga mos kelishi, shuningdek 
trenerning o‘zi uchun ham qulay, harakatlanishga mos bo‘lishi lozim.


86 
Trenerning bezaklari haqida ham to‘xtalish lozimki, trener uchun 
haddan ortiq bezaklar bilan bezanish maqsadga muvofiq emas.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin