82
"
Tana (taktil) to‘siqlarini bartaraf qilish" o‘yini
Odam notanish guruhga tushib qolsa, u albatta o‘zini noqulay, siqilib
qolganday
xis qiladi, uyaladi. Agar biz kimningdir еlkasiga qo‘limizni
qo‘yishga, soch turmagining u yoq bu yog‘ini to‘g‘rilab qo‘yishga
haddimiz sig‘sa, o‘sha odam yonida o‘zimizni dadil va xotirjam his etamiz.
Agar odamlar bir-birini yaxshi tanimasa, bilmasa, bunday xatti-harakatlarni
bajara olmaydilar va o‘zaro muloqotda ruhiy zo‘riqish, noqulaylik kabi
hislar paydo bo‘ladi. Lekin shunday o‘yinlar borki, ular bunday to‘siqlarni
bartaraf etishga yordam beradi. "Tana to‘siqlarini bartaraf qilish"
o‘yinlarining
mohiyati shundaki, guruh a’zolari bir-birlariga "tega
olish"lariga imkon yaratiladi. Guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro ishonch va
ishchanlik muhitini yuzaga keltirish uchun bu o‘yinni "Tanishuv o‘yinlari"
o‘tkazilganidan keyinoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu o‘yinning eng
oddiy va keng tarqalgan turi "Chigilni еchish"dir.
Dostları ilə paylaş: