e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash
Rolli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari Qoidalar nafaqat o‘yinga, shuningdek, uning yakunlarini muhokama
qilishga ham tegishlidir. O‘yin qoidalari o‘yinning mazmunidan kelib
chiqqan holda ishlanadi, bunda o‘yindagi o‘zaro munosabatlar va tajriba
almashishga katta ahamiyat berish zarur.
1. O‘yinda qatnashayotganda har bir ishtirokchi o‘zi va
o‘zgalar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, taklif qilinga
rolga
mas’uliyat bilan yondashishi lozim.
2. Tajribalarni o‘rtoqlashayotganda ishtirokchilarning fikri
trenerning fikriga mos kelmagan holda ham trener
ularning nuqtai-
nazarini hurmat qilishi zarur. Shuning uchun hamma bir-birining fikrini
bo‘lmasdan, diqqat bilan eshitib, boshqa ishtirokchilarning o‘yin
jarayonida nimalarni xis qilganligini tushunishga harakat qilish zarur.
3. Muhokamada barcha ishtirokchilar faqatgina o‘z kechinma va
hissiyotlari haqida gapirishi, boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilmasligi
shart. Ularning fikrini, tajribasini o‘zidan eshitgan ma’qulroq.
Rolli o‘yinlar foydali usul bo‘lishi bilan birga uni o‘zlashtirish
qiyinroqdir. Quyidagi tavsiyalar bu usulning foydaliligini oshirishga
yordam beradi:
Treningni dastlabki kunlarida o‘yinga ko‘ngilli, sergap va faol
ishtirokchilarni tanlab olish lozim;
Trenerning o‘zi ham bosh rollardan birini ijro etishi maqsadga
muvofiqdir;
Ishtirokchilarga qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishlari lozimligini
tushuntirish yoki ular ishni boshlab olishlari uchun birorta ssenariyni taklif
etish kerak;
Ishtirokchilarga instruksiya berishda "Rekvizit"lar — shlyapa, ismlar
yozilgan kartochkalar, pariklar va h.k.lardan foydalanishlari mumkinligini
aytish kerak;
Trener imkoni bo‘lsa, vaziyatni yumor bilan to‘ldirishga harakat
qilishi lozim;
Butun guruhni juftliklarga bo‘lib tashlash va har bir juftlik hayotiy
vaziyatlardan kelib chiqib, ma’lum bir sahnani (masalan, ota-o‘g‘il kabi
rollar) ijro etishini so‘rash kerak.
Shu tarzda butun guruh oldida mavjud bo‘lgan hijolatpazlik, bir-
biridan uyalish kabilar yo‘qoladi.