87
*Konseptual kompetentlik: amaliyotga asos bo‘luvchi
bilimlarni
egallash.
*Integrativ kompetentlik: asoslangan qarorlarni qabul qilish, yuzaga
kelgan muammolarni еchish hamda mutaxassislik bahosini berish
.
Trening jarayonida trener har bir ishtirokchining psixologiyasi bilan
ishlaydi. Inson psixologiyasining har bir jihati esa juda nozik soha bo‘lib,
uning qaysidir joyiga bexosdan tegib ketish katta noxushliklarga,
muammolarga, hattoki aziyatlarga olib kelishi mumkin.
Shuni hisobga
olgan holda trenerning ishini qimmatbaho olmos (javohir) bilan
ishlaydigan mohir zargarning ishiga o‘xshatish mumkin. Trening
jarayonida trener bir qancha rollarni amalga oshiradi: Metodistlik
–
(lug‘aviy ma’nosi o‘qitish bo‘yicha mutaxassis) o‘quv materiallarini ishlab
chiqish va ularni еtkazib berish;
Instruktorlik-(lug‘aviy ma’nosi biriktiruvchi shaxs. Trening davomida
yo‘riqnomani tushuntirish,) bu tashkil qilish, ko‘rsatma berish, to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatish, sharhlash , rahbarlik qilish;
Demonstratotorlik – (lug‘aviy
ma’nosi namoyish etuvchi) trening davomida mashqlarni ko‘rsatib,
namoyish
etib berish;
Trenerga tavsiyalar sifatida quyidagilarni
keltirib o‘tishimiz mumkin:
– muhokama tashkil qilish, ishchi guruhi uchun qoidalar ishlab
chiqish;
– navbatdagi mashg‘ulot instruksiyasini berish ;
– qatnashuvchilar savollariga javob berish,
ular bajarayotgan ishni
nazorat qilish;
– ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil qilish ;
– qatnashuvchilar emotsional holatini nazorat qilish va ularga psixologik
yordam berish ;
– har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish ;
-mashg‘ulot oxirida siz (trener) haqingizda qatnashuvchilar o‘z fikrini
bayon qilishlariga imkon berish;
Bundan tashqari
ishtirokchilarni qiziqtirish , ularning mustaqil
ishlariga imkoniyat yaratish kerak. Biroq bir qatnashuvchini muhokama
qilish kerak emas, biror shaxs o‘zini baland tutmasligi, trener ham
mutaxassisman deb ro‘kaj qilmasligi kerak .
Eng muhimi trenerlik qilayotganda
shuni unutmaslik kerakki, trener
o‘qituvchi emas. Uning vazifasi — sharoit, vaziyatni yaratish yoki
ishtirokchilarga ko‘maklashishdan iborat.
Trener mashg‘ulotlarni olib borishda katta trenerlik tajribasi va
mahoratini egallashi kerak.