Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
 
Guruhiy dinamikasini bilish va uni hisobga olish. 
Guruhlar psixologiyasida aytilishicha notanish odamlar bir joyga 
to‘planganda guruhda ma’lum bir zo‘riqish paydo bo‘ladi, trenerning 
vazifasi shu zo‘riqishni iloji boricha yumshatishga harakat qilishdan iborat. 
Buning uchun trener guruhdagi noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki 
vujudga kelgan noqulay holatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan, guruh 
bilan qay usulda ishlash rejasini puxta o‘ylab chiqishi kerak, ayniqsa, 
guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart. 
1. Boshlang‘ich bosqich — notanish muhit va noaniq vaziyatda 
ishtirokchilar ichki bezovtalikni his qiladi, o‘zlariga yaqin sherik izlaydi, 
har bir ishtirokchini "Men o‘zimni qanday tutishim kerak" degan savol 
o‘ylantiradi. Bu bosqich ishtirokchilarning individual xususiyatlariga 
qarab 10 minutdan to kunning oxirigacha davom etishi mumkin.


98 
Trenerning vazifasi: ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik 
muhitini yarata olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilarni qo‘llab-
quvvatlash, sust ishtirokchilarni davraga jalb qilishdan iborat. 
2. O‘tish bosqichi — bunda ishtirokchilar o‘rtasida ancha yaqinlik paydo 
bo‘la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya’ni uning 
o‘zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi, 
hozirjavobligi bilim doirasini kuzatishadi. 
Trenerning vazifasi — ishtirokchilarda namoyon bo‘layotgan hissiyotlarni 
e’tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bo‘lgan maqsad va 
kutishlarni aniqlash, guruh a’zolari o‘zlarini qanday his etayotganligiga 
e’tibor berish. Asosiysi ishtirokchilarni qanday bo‘lsa shundayligicha 
qabul qilish va ularni o‘zgartirishga urinmaslikdan iborat. 
3. Ish faoliyati bosqichi — bu bosqich ishtirokchilarning o‘z maqsadlariga 
erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar guruhda ishlash 
qoidalariga rioya qilishadi. O‘zaro yordam so‘rash imkoniyatdan kelib 
chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo‘ladi. Shuning uchun trenerning ayrim 
fikrlariga ko‘shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim 
xollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi. 
Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga 
yordam berish, guruhdagi voqealarni e’tiborsiz qoldirmaslik, guruh 
dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va asabiylashish holatlarini 
bartaraf etuvchi o‘yinlar o‘tkazish, guruhda ishonch munosabatining 
shakllanishiga yordam berishdir. 
4. Yakunlash bosqichi — bu bosqich mashg‘ulot yakunlanishining 
mantiqiy nuqtasidir, agar mashg‘ulot muvaffaqiyatli tugagan bo‘lsa barcha
ishtirokchilarning kayfiyati a’lo darajada bo‘ladi. Bu bosqichda ish 
davomida yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarni silliqlab ketish imkoniyati 
tug‘iladi. Bosqich puxta o‘ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o‘z 
holicha o‘tkazish yaramaydi, chunki bunday munosabat olib borilgan 
ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko‘paytirib yuborishi mumkin. 
Trenerning vazifasi: mashg‘ulotni yuqori hissiy kayfiyatda yakunlash 
tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit 
yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur bildirishlari uchun imkon 
yaratish, "teskari aloqa"ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o‘ziga 
yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin