Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va 
ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo bo‘lishi. 
Boshlovchi nima qilishi kerak: agar guruhdagi ishtirokchilar yoki 
kichik guruhlar o‘rtasida o‘zaro nizolar kelib chiqsa, nizoni konstruktiv 
yo‘l bilan hal etish lozim; agar boshlovchi va ishtirokchi o‘rtasida nizo 
paydo bo‘lsa, boshlovchi o‘z hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bilan 
gaplashishga urinib ko‘rishi, kompromissga kelishga urinishi va kezi 
kelganda o‘z xatosini tan olishi kerak. U quyidagi qoidani esda tutishi 
kerak: "Boshlovchi hamma ishtirokchilarga albatta yoqishi va o‘zi ham 
hammani yaxshi ko‘rishi shart emas, ular bir-birlarini yaxshi ko‘rishga 
ham majbur emaslar!" 
 
Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash. 
 
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari. 
Trening jarayonida guruhni tez-tez kichik guruhlarga bo‘linib ishlash 
maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini 
faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda 
muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta’minlab bo‘lmasligi aniq. 
Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab 
bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab 
etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan 
tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli 
muhitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan 
kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doir nozik 
savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish 
holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, 
noqulaylikni yo‘qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo‘lsa, undagi 
ishtirokchilarda qo‘rquv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon 
bo‘ladi. 
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari: 
1. Kichik guruhlarga bo‘lishda o‘yin orqali bo‘lish usulidan foydalanish 
lozim. 
2. Guruhlarga bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniq va tushunarli 
qilib berish kerak. 


95 
3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruksiyani ularning 
hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta 
guruhga ko‘rsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi 
bo‘lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab 
yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko‘tariladi, trener esa qolgan 
guruhlarga ko‘rsatma berishga qiynalib qoladi. 
Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda 
muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil 
chiqib, o‘z guruhining fikri bilan tanishtiradi. 
Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki 
ekspert rollarini trenerning o‘zi taqsimlab berishi kerak. 
Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak 
emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halaqit berishi 
ham mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga 
bo‘linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo‘linadigan 
topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish 
uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak. 
– ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish 
bermaslik kerak; 
– guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so‘zini bo‘lmasdan 
eshitishi va qolganlarni ham shunga o‘rgatish kerak; 
– mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so‘rash kerak; 
– hammaning so‘zga chiqishini ta’minlash kerak; 
– munozaralarda qaysidir sportchi shaxsi hayotiga aloqador fikrlar shu еrda 
qolishga guruhni odatlantirish kerak. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin