e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash
Trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagicha : 1. U avvalo o‘zgalar shaxsiga xos bo‘lgan psixologik
xususiyatlarni juda yaxshi bilishi kerak. (Inglizlar aytganidek , o‘zgalar
psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlik qilishning bir shaklidir,
degan naqlni esdan chiqarmaslik lozim , lekin bunda pedagogik
alturizm , ya’ni o‘zgalar manfaatini o‘zinikidan ustun qo‘yish hislati
mavjud bo‘lishi kerak).
2. O‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va
uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.
3. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishnigina
emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to‘g‘ri kelganda esa uni
bartaraf etish.
4. Empatiya , ya’ni o‘zgalar holatini chuqur his qila olish
qobiliyatining mavjudligi .
5.O‘zgaruvchanlik, moslashuvchan aql sohibi bo‘lish , kutilmagan
holatlarga o‘zini oldindan tayyorlash , o‘zini yo‘qotmaslik.
6. O‘zgalar nutqi , reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash , mimika va
harakat mohiyatini to‘g‘ri talqin etish.
7. Tinglovchilar va o‘yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va
qiziqishlariga qarshi bormaslik.
8. Rejalashtirish qobiliyatining bo‘lishi, bunda kutilayotgan jarayonning
barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham
tasavvur qilib, aniq reja tuza olish.
9. O‘ziga ishonchning mavjudligi, real tafakkur va irodali bo‘lishi
kerak.
10. O‘z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash, kerak
bo‘lsa o‘zidagi motorikani rivojlantira olish.
Trener quyidagilarni bajarmaslikka harakat qilishi lozim.
Guruhga rahbarlik qilish.
Guruhga tayyor axborotlarni berish.
Guruh nima ish qilishi kerakligi to‘g‘risida maslahat berish yoki
taklif kiritish.
Mohir trener guruh bilan ishlash jarayonida nafaqat guruhning ahvoli,
kayfiyati, muammosiga balki har bir ishtirokchining ahvoli, kayfiyati va
muammosiga katta e’tibor bilan qaraydi.