101
O‘yinning borishi: ishtirokchilar uchta kichik guruhga bo‘linishadi.
Har bir guruh a’zolari oila hayotiga oid afsonalarga murojaat etgan holda
ushbu samarasiz hayot uslublari oila a’zolarining qaysilariga salbiy ta’sir
etishini tahlil etishadi.
Keyin esa har bir guruhdan bir kishi o‘rtaga chiqadi va "Oila tasviri"
plakati oldida turib har bir afsona oila a’zolaridan qaysi biriga ko‘proq
ta’sir etishi haqida o‘z kichik guruhining fikrini bayon etadi.
Boshlovchi ishtirokchilarining muhokamasidan so‘ng
ular bilan
birgalikda quyidagicha xulosa qilishi mumkin: "Ko‘rinib turibdiki, oila
a’zolaridan birining nojo‘ya xulki oilaning hamma a’zolariga salbiy ta’sir
etadi".
"Oilaviy hayotdagi qadriyatlar tahlili" o‘yini
Maqsad: Inson hayotida еtakchilik qiluvchi qadriyatlarni va odamlar
orasida sodir bo‘ladigan tushunmovchiliklarning
kelib chiqish sabablarini
anglash.
Materiallar: Oilaviy hayot qadriyatlari ro‘yxati yozilgan
kartochkalar.
O‘yinning borishi: Baxtli oilaviy hayot ta’riflari yozilgan 6 ta
kartochka xonaning turli tomonlariga qo‘yiladi.
Ishtirokchilar ushbu
ta’riflarning har biri bilan tanishib, o‘zlariga ma’qul
keluvchi fikrni
tanlashadi va ushbu yozuv oldiga borib turishadi. Har bir yozuv oldida
yig‘ilgan ishtirokchilar o‘z kichik guruhlarini
tashkil etishadi va nima
uchun shu ta’rif ularning hayotlarida еtakchi ekanligi haqida asosli dalillar
ishlab chiqishadi. So‘ngra har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, o‘z
guruhining fikrini asoslab beradi. Boshqa guruh a’zolari esa bu chiqishga
nisbatan o‘z fikrlarini, e’tiroz va savollarini bildirishlari mumkin.
O‘yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning
diqqatini quyidagi
fikrlarga qaratadi: "Hayotda har bir odam e’tiqod qiluvchi g‘oya va
qadriyatlar xilma-xildir. Bu xilma-xillik odamlarning turli xarakter va
moyilliklarini ifodalaydi. Inson o‘zaro muloqotda
mana shu farqlarni
doimo hisobga olishi, iloji boricha ularni chetlab o‘tishi, g‘oya va
qadriyatlarga qarama-qarshi bormasligi kerak".
Dostları ilə paylaş: