104
– O‘zgalarni unutib faqat o‘zingizni o‘ylaysiz.
– Boshqalar hisobiga o‘z huquqlaringizga erishyapsiz.
Ishonchli hulq.
– O‘zgalar huquqini poymol qilmay o‘z huquqlaringizni himoya eta olasiz.
– O‘zingizni va o‘zgalarni hurmat qilasiz.
– Tinglashni va gapirishni bilasiz.
Ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlaringizni ayta olasiz.
– O‘zingizga ishonasiz, lekin o‘zgalarni "haqoratlamaysiz".
O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi.
1. Kirish. Ko‘pincha o‘zimizga ishonmasligimiz bizni turli salbiy
kuchlarga qarshi
turolmasligimizga olib keladi, natijada har xil nojo‘ya
vaziyat va hulqlarning ishtirokchisiga aylanib qolamiz. Har xil salbiy
yo‘llarga kirib ketmaslik uchun biz o‘z
hulk-atvorimizni, uning ichki
sabablarini
yaxshi tushunishimiz, xatti-harakatlarimizni nazorat
qilishimiz, hissiyotlarimizni boshqara olishimiz kerak.
2. Sinf uchta kichik guruhlarga bo‘linadi.
3. Har bir kichik guruhga quyidagicha topshiriq beriladi: ko‘rsatilgan
uchta suratga asoslangan holda har xil xulq formalarining
xatti-harakatlari,
ichki holatlari va nutq xususiyatlarini izohlab bering (guruhlar ishlayotgan
paytda suratlarga taalluqli tavsiflar yopib qo‘yiladi, suratlar esa ochiq
qoladi).
4. Har bir guruh tomonidan taqdim etilgan variantlarni muhokama qilish.
So‘ngra boshlovchi plakatdagi tavsiflarni o‘qib izohlaydi.
Boshlovchilar
o‘z xatti-harakatlari orqali har xil xulq modellarini misol tariqasida
ko‘rgazmali namoyon etishlari mumkin.
5.
Ikkala boshlovchi ishtirokida agressiv va sust xulq ko‘rinishlari
tasvirlanadi. Ishtirokchilardan esa
boshlovchilarning harakatlari, imo-
ishora va so‘zlarini kuzatgan holda ushbu xulq ko‘rinishlarining nomlarini
to‘g‘ri topishlari so‘raladi.
Dostları ilə paylaş: