Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Tanishuv o‘yinlari 
"Qop yig‘imi" o‘yini 
Boshlovchi ko‘rsatmasiga binoan uning o‘ng yoki chap tomonida 
turgan ishtirokchilardan bittasi o‘z ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi 
ishtirokchining va o‘zining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, 
ikkinchi ishtirokchining va o‘zining ismini aytadi. Shu tariqa oxirigacha 
davom etadi. Oxirgi ishtirokchi birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh 
a’zolarining hammasini va o‘zining ismini aytadi. Guruh a’zolarining bir-
biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi. 
Ikkinchi turda har bir ishtirokchi o‘ziga taxallus (gul, meva, badiiy 
qahramon, planetalar nomi kabi) o‘ylab topib, keyin o‘sha taxallus 
bo‘yicha o‘zini tanishtiradi. Bu mashq ham sportchi shaxsilararo chiniqish, 
xotirani mustahkamlash, emotsional tanglikning oldini olish maqsadida 
xizmat qilishi mumkin. 
 
"Ismlar — fazilatlar" 
Bu o‘yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko‘tarish, ishtirokchilar 
o‘zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi. 
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan 
boshlanadigan sportchi shaxsining ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati 


118 
nomini aytish lozim (Masalan Rashid — rostgo‘ylik, Murod — mardlik va 
hokazo). 
 
"Juftlik asosida tanishuv" 
Ishtirokchilar juft-juft bo‘lib 10 minut davomida bir-birlariga o‘zlari 
haqida ma’lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir-birlarini 
tanishtirgunlariga kadar davom etadi. 
 
Ahillashtiruvchi o‘yinlar 
"Botqoqlik o‘yini" 
Buning uchun kartondan yasalgan o‘rtacha kattalikda "likopchalar" 
kerak bo‘ladi. Ularning soni 9 ta bo‘lishi kerak. Guruh a’zolari qator 
bo‘lib, birin-ketin tarelkalarga oyoq qo‘yib botqoqlikdan o‘ta boshlaydilar, 
atrofda esa (ikkinchi guruh a’zolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar 
tarelkalarni olib qo‘yishga shay turadilar, maqsad har bir guruh a’zosi 
tarelkalardan oyoq uzmasligi, hech bo‘lmaganda bir oyoqning uchi bilan 
ularni bosib turishi kerak. Agar guruh a’zolari ittifoq bo‘lib harakat 
qilsalar, mag‘lubiyatsiz botqoqlikdan o‘tadilar, bironta likopchani 
timsohga bermaydilar. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin