Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
"Qayta tuzilish" 
Ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linadilar va boshlovchi ishorasi bilan turli 
belgilarga ko‘ra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar (masalan, oyoq 
kiyimining o‘lchami, tug‘ilgan kuni va h.k.lar hisobiga olinishi mumkin). 
 
"Ishonch paravozi" 
Barcha ishtirokchilar bir qatorga tizilishadi. Birinchi ishtirokchidan 
tashqari guruh a’zolarining hammasi ko‘zlarini yumishadi va bir-
birlarining belidan ushlab olishadi. Birinchi ishtirokchining vazifasi — 
"paravoz"ni xona bo‘ylab to‘siqlar (yo‘llar) orasidan olib yurish, qolganlar 
esa oldindagi ishtirokchining harakatlariga mos ravishda to‘siqlar orasidan 
urinmay-surinmay o‘tishlari darkor. 
 
"Yomg‘ir" 
Ishtirokchilar aylana ko‘rinishida turib olishadi. Bunda jimlik hukm 
surishi kerak. Boshlovchi hozir siz yomg‘ir tovushini eshitasiz, lekin 
buning uchun mening harakatlarimni takrorlashingiz kerak, — deydi. 
Boshlovchi o‘rtada turib har bir ishtirokchining oldiga keladi va uning 
ko‘ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib ko‘rsatadi. Har bir ishtirokchi 
toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa harakatni 
ko‘rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur. 
Harakatlar: 
Kaftlarni bir-biriga ishqalash
 Barmoqlarni qirsillatish; 
 Tizzalarni shapatilash; 
 Tizzalarni shapatilab, oyoqlarni do‘pillatish; 
 Barmoqlarni qirsillatish. 
 


120 
"Ko‘rinmas sovg‘a" 
Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo‘lida narsani yasash 
mumkin bo‘lgan ko‘rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg‘a 
yasab, o‘ng tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg‘a 
yasaladi va qabul qilib olingach, yana boshqatdan sovg‘a yasalib, 
navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi. Shu tariqa barcha "sovg‘a" 
olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O‘yin oxirida kimning nima 
sovg‘a qilgani va sababi so‘raladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin